14:13 / 12.06.2023
781

Kim Chen In Putinga maktub yo‘llab, Rossiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Kim Chen In Putinga maktub yo‘llab, Rossiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Foto: “TASS”
Koreya xalq demokratik respublikasi o‘z suvereniteti va kelajagini “imperialistlardan himoya qilayotgan” Rossiya xalqini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi hamda ularga farovonlik va g‘alaba tilaydi. Bu haqda Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Rossiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida aytiladi.
O‘rtoq Kim Chen In bugungi kunda Rossiya xalqiga ortib borayotgan tahdidlar, mamlakat suvereniteti, xavfsizligi va tinch hayotiga putur yetkazishga urinayotgan dushman kuchlari chaqirig‘iga qarshi kurashi yangi muhim bosqichga o‘tayotganini ta’kidladi. O‘rtoq Kim Chen In xalqimiz Rossiyaning suveren huquq va manfaatlarini imperialistlarning o‘zboshimchaliklaridan himoya qilishdek muqaddas ishni amalga oshirishga intilayotgan Rossiya xalqini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini va ularga birdamlik izhor etishini qayd etdi”, — deyiladi Koreya markaziy telegraf agentligi chop etgan xabarda.
 
Kim Chen In o‘z maktubida “adolat har doim g‘alaba qozonadi, rus xalqi esa g‘alabada davom etadi” deb qo‘shimcha qilgan.
 
Shuningdek, u KXDR va Rossiya xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik har ikki davlat uchun “qimmatli strategik boylik”ka aylanganini ta’kidlagan. KXDR rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Pxenyan va Moskva o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari va strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor.
 
Oktyabr oyida  Kim Chen In Vladimir Putinni 70 yoshga to‘lgani bilan tabriklab, uning “kuchli Rossiyani barpo etishdek buyuk strategik maqsad”ga erishishdagi muvaffaqiyatini qayd etgandi.
 
Eslatib o‘tamiz, Shimoliy Koreya Ukrainaning Donbass hududi, Zaporoje va Xerson viloyatlarining Rossiyaga qo‘shib olinishini qo‘llab-quvvatlagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In Putinga maktub yo‘llab, Rossiyani to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
ePN