13:48 / 13.06.2023
245

Xitoyda oila qurayotganlar soni rekord darajada qisqardi

Xitoyda oila qurayotganlar soni rekord darajada qisqardi
Foto: Getty Images
Xitoy Fuqarolik ma’muriyati vazirligining ma’lum qilishicha, 2022 yilda 1,4 milliard kishilik mamlakatda 7 millionga yaqin rasmiy nikoh tuzilgan. Mamlakatda oila qurganlar soni doimiy ravishda kamayib bormoqda.
 
7 million so‘nggi 37 yildagi rekord past ko‘rsatkich, deb yozadi “Rossiyskaya gazeta”. Xuddi shu davrda ajrimlar soni 2 milliondan oshdi.
 
Xitoyda deyarli 13,5 million nikoh qayd etilgan 2013 yildan beri ularning soni kamaymoqda. Demografiya mutaxassisi Dun Yuychjen hisobotda xitoylik yoshlar 27 yoshdan keyin oila qurishni afzal ko‘rishini tushuntirdi.
 
Zamonaviy Xitoy jiddiy demografik muammolarga duch kelmoqda. Mamlakatda gender nomutanosibligi mavjud. 1970-yillarda joriy etilgan bir bola siyosati tufayli mamlakat aholisi qarib bormoqda.
 
O‘tgan yili 26 yoshgacha bo‘lgan uch ming Xitoy fuqarosi o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov shuni ko‘rsatdiki, respondentlarning 25 foizi kelajakda turmush qurishiga shubha qiladi, 9 foizi umuman oila qurishni rejalashtirmayapti.
 
Yoshlar karera, shaxsiy uy-joy olish va boshqa masalalar bilan band.
 
Xitoylik ayollarning turmushga chiqish istagi erkaklarnikidan past. So‘rovda qatnashganlarning uchdan bir qismidan ko‘pi stressli o‘qish va ish tufayli ularda shaxsiy munosabatlar uchun “vaqt va kuch” yo‘qligini aytishdi.
 
O‘tgan yili Xitoy aholisi 60 yil ichida birinchi marta kamayib, 1,4 milliardga yetdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda oila qurayotganlar soni rekord darajada qisqardi
ePN