18:16 / 13.06.2023
610

Ilon Mask Leopard 2 nemis tanklarining zaif tomonini aytdi

Ilon Mask Leopard 2 nemis tanklarining zaif tomonini aytdi
Foto: AP Photo
Amerikalik milliarder Ilon Mask Ukraina Qurolli kuchlarining qarshi hujumi doirasida jang maydonidagi yo‘qotishlariga izoh berdi. Tegishli izoh milliarderning Twitter'dagi sahifasiga joylandi.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, Leopard 2 kabi oz sonli tanklarni tankga qarshi qurollar va minalar yordamida yo‘q qilish mumkin.
 
Kichik miqdordagi tanklar tankga qarshi qurollar va minalar tomonidan osonlikcha yo‘q qilinadi”, — degan Mask.
 
Milliarder bunday tanklar “yo ko‘p” bo‘lishi, yoki umuman “bo‘lmasligi” kerakligini aytadi.
 
May oyi oxiri holatiga ko‘ra, G‘arb davlatlari Kiyevga 60 ga yaqin Leopard  2 tanklarini yetkazib bergan. Fevral oyida Germaniya Iqtisodiyot vazirligi Ukrainaga 178 tagacha Leopard 1A5 tanklarini berishni ma’qullagan.
 
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina armiyasi Yujno-Donetsk va Zaporoje yo‘nalishlarida hujum uyushtirishga urinayotganda to‘rtta Leopard  2 ni yo‘qotganini aytmoqda. Bundan oldin ham nemis tanklari yo‘q qilingani haqida xabar berilgan. Biroq keyinchalik Rossiya Ukrainada Leopard  tanklarini emas, kombaynlarni yo‘q qilgan bo‘lishi mumkinligi haqida ilgari surilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask Leopard 2 nemis tanklarining zaif tomonini aytdi
ePN