18:30 / 13.06.2023
41

Meta kompaniyasi matnli tavsifga qarab musiqa yaratadigan yangi sun’iy intellekt ishlab chiqdi

Amerikaning Meta korporatsiyasi matn so‘rovi bo‘yicha musiqa yaratishi mumkin bo‘lgan yangi generativ sun’iy intellekt — MusicGen’ni taqdim etdi.

Mazkur sun’iy intellekt (SI) Audiocraft kompaniyasi jamoasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, u orqali 12 soniyali instrumental treklarni yaratishi mumkin.

Ishlab chiquvchilarning so‘zlariga ko‘ra, SI 10 000 dan ortiq litsenziyalangan musiqiy treklardan iborat 20 000 soatli musiqa, shuningdek, Pond5 va Shutterstock media kutubxonalaridan 390 000 ta bepul instrumental kompozitsiyalar bo‘yicha o‘qitildi.

Yaxshiroq natijaga erishish uchun namuna sifatida biror qo‘shiqni yuklab, shunga o‘xshash kompozitsiya yaratishni SIdan so‘rash mumkin. MusicGen’ni Hugging Face veb-saytida bepul sinab ko‘rish imkoniyati mavjud.

Avvalroq matn tavsifidan musiqa yaratadigan MusicLM neyron tarmog‘i Google tomonidan taqdim etilgandi.

“Google” tadqiqotchilari, shuningdek, MusicLM bilan bog‘liq ko‘plab axloqiy muammolarni, jumladan, mualliflik huquqining buzilishini qayd etib boradi. Tajriba davomida ular tizim tomonidan yaratilgan musiqaning taxminan 1 foizi u o‘qitilgan qo‘shiqlardan faqat parchalar ekanini aniqlagan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Meta kompaniyasi matnli tavsifga qarab musiqa yaratadigan yangi sun’iy intellekt ishlab chiqdi
ePN