11:00 / 14.06.2023
488

Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda nimalar dedi?

Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda nimalar dedi?
Ukraina muammosini hal qilishning kaliti G‘arb tomonida, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bugun harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda.
 
"Biz tushunamizki, (Ukrainadagi) muammolarni hal qilishning kaliti ular tomonida. Agar ular haqiqatan ham bugungi mojaro muzokaralar yo‘li bilan tugatilishini istasa, ular faqat bitta qaror qabul qilishlari kerak - qurol va texnika yetkazib berishni to‘xtatish. Bor yo‘g‘i shu" dedi Putin.
 
Amerika mojaro davom etishini istaydi
AQSH Ukraina mojarosiga tobobra ko‘rproq aralashib, xalqaro inqiroz keltirib chiqarmoqda, dedi Rossiya prezidenti.
"Qo‘shma Shtatlar tobora ko‘proq, deyarli to‘g‘ridan-to‘g‘ri bu mojaroga botib bormoqda va jiddiy xalqaro xavfsizlik inqirozini qo‘zg‘atmoqda. Kecha bizning harbiy kemamizga hujum qilgan dronlar faoliyatini korrektirovka qilish - bu jiddiy narsa. Ular biz bundan xabardor ekanimizni bilishlari kerak.
 
Biz hali ham bu bilan kelajakda nima qilish haqida o‘ylayapmiz, lekin umuman olganda mana shunday vaziyat bor", deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Eslatib o‘tamiz, yakshanba kuni Qora dengizda Rossiyaning "Priazove" kemasiga Ukraina masofadan boshqariladigan qayiqlar bilan muvaffaqiyatsiz hujum qilgan edi. "Priazove" Qora dengiz tubidan o‘tgan "Turk oqimi" va "Moviy oqim" gaz quvurlarini xavfsizlikni ta’minlash vazifalarini bajargan.
 
Hujum vaqtida havoda AQSHning strategik uchuvchisiz apparati Global Hawk ushbu joy yaqinida neytral hududda bo‘lgan.
AQSH mojaroga tobor ko‘proq pul tikmoqda: Pentagon bayonotiga ko‘ra, Bayden davrida AQSHning Ukrainaga harbiy yordami 40,7 milliard dollardan oshdi. Eng so‘nggi yordam paketi, 13 iyun kuni e’lon qilingan, 15 ta Bradley BMPlari va 10ta Stryker BTRni o‘z ichiga oladi.
"Amerikaning ittifoqchilari yo‘q, faqat vassallari bor",  - dedi Putin.
 
"Amerikaliklar o‘zlarini juda pragmatik tutmoqdalar va hamma narsa faqat o‘z manfaati uchun hal qilmoqda. Ular o‘z ittifoqchilarining manfaatlarini o‘ylamagan, ularning ittifoqchilari ham yo‘q. Ularning faqat vassallari bor - vassallar ular uchun qanday rol tayyorlabqo‘yilganini tushuna boshladilar", dedi Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda.
Uranli snaryadlar haqida
G‘arb Kiyevga kam boyitilgan uranli snaryadlarni berishga tayyor, chunki ularning omborlarda boshqa hech narsa yo‘q, dedi Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda.
“Ularda oddiy (oddiy o‘q-dorilar) tugagan, lekin uranli o‘q-dorilar omborlarda bor... Ishlab chiqarishni kengaytirish esa o‘zi uchun qimmatga tushadi”, - dedi prezident.
 
Rossiya ham bunga javoban kam boyitilgan uranli snaryadlardan foydalanish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
"Bizda ham bunday o‘q-dorilar juda ko‘p, agar ular bundan foydalansa, biz ham xuddi shunday o‘q-dorilardan foydalanish huquqini o‘zimizda saqlab qolamiz. Ular bizda bor zaxirada bor, biz shunchaki ulardan foydalanganimiz yo‘q" - dedi Putin.
 
Oldinroq Wall Street Journal AQSH rasmiylariga tayanib, Oq uy Buyuk Britaniyadan keyin Ukrainaga tugatilgan uranli tank snaryadlarini taqdim etishni ma’qullamoqchi ekanini xabar qilgandi.
Ukrainaning qisqacha tarixi
Ukraina 1922 yilda bolsheviklar yetakchisi Vladimir Lenin tashabbusi bilan paydo bo‘lgan. Hozir esa Ukrainada uning asoschisi yodgorliklari buzib tashlanmoqda, dedi Putin.
"Negadir Vladimir Ilich butun Qora dengiz sohilini, sof tarixiy rus yerlarini boshqa respublikaga berishga qaror qiladi. Albatta, bungacha bu yerda Ukraina bilan bog‘liq bo‘lgan hech narsa yo‘q edi. Haqiqiy Ukraina 1922 yilda paydo bo‘lgan. Katta rus hududlari berilishi hisobidan.< ...>
Bu ishni aqldan ozganlar qilgan, odamlardan hech kim so‘ramagan. Hech qanday ovoz berish bo‘lmagan. Bu nima o‘zi? Xo‘p, mayli, yerni ularga berishibdi, keyin ajralib chiqdi (SSSRdan)<...> Biz shunday paradigmada yashashga tayyor edik. Lekin nega u yerda anti-Rossiya yaratishni boshlashdi? U yerdagi odamlar bunday yashashni istamaydi. Biz ularni tashlab ketishimiz kerakmi? ”, - dedi Putin.
So‘nggi yillarda Ukrainada qilinayotgan barcha ishlarni maqsadi faqat Rossiyaga qarshi qaratilgan bo‘ldi.
"Ular shunchaki anti-Rossiyani yaratmadilar, uni o‘zlarining faoliyatini asosi qilib yaratdilar va uni kuchaytira boshladilar. Ha, yana NATOga kirish mavzusi ham paydo bo‘ldi", - dedi Putin.
Rossiya mojaroni tugatishga harakat qilmoqda
Rossiya Federatsiyasi na Qrim voqealarini, na maxsus operatsiyani oldindan rejalashtirmagan: Moskva mojaroni tugatishga harakat qilmoqda, biz shunday qilishga majbur bo‘ldik, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin.
"Axir biz hech qanday Qrim voqeasini rejalashtirmaganmiz, hozir bo‘layotgan voqealarni ham rejalashtirmaganmiz. Men aytdim va bugungi uchrashuvimizda - biz bu qurolli to‘qnashuvni to‘xtatishga harakat qilmoqdamiz. Afsuski, biz buni qurol yordamida qilishga majbur bo‘ldik”, dedi Vladimir Putin harbiy jurnalistlar bilan uchrashuvda.
Shu bilan birga Rossiya bosh qo‘mondoni maxsus operatsiya maqsadlari o‘zgarmasligini va Ukrainani demilitarizatsiya qilish bosqichma-bosqich olib borilayotganini yana bir bor ta’kidladi.
 
"Ular (maqsadlar) hozirgi vaziyatga mos ravishda o‘zgarib bormoqda, lekin umuman olganda, biz hech narsani o‘zgartirmaymiz va ular biz uchun fundamental xususiyatga ega", - dedi prezident.
 
Shuningdek, davlat rahbari bugungi kunda Rossiya Qurolli kuchlari safida muddatli harbiy xizmat o‘tayotgan askarlar maxsus operatsiya hududiga jo‘natilmasligini va qo‘shimcha mobilizatsiyaga ehtiyoj yo‘qligini ham alohida ta’kidlab o‘tdi. Prezident aytishiga ko‘ra, 2023 yilning yanvar oyidan buyon 150 ming kishi Rossiya Qurolli kuchlari bilan shartnoma imzolagan.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin harbiy muxbirlar bilan uchrashuvda nimalar dedi?
ePN