Turkiyaning eng qimmat brendi ma’lum qilindi

Turkish Airlines (Turkiya havo yo‘llari) eng qimmat turk brendlari TOP 100 taligidan yana birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.
Brand Finance xalqaro tahliliy agentligi Turkiyaning 2023-yil uchun eng qimmat brendlari reytingini tuzdi. Turk aviatashuvchisi 2019, 2020, 2021 va 2022-yillarda ham eng qimmat brendlar reytingida birinchi o‘rinni egallagan.
Brendning bozor qiymati 2 milliard dollarga baholanmoqda. Turkish Airlines 2022-yilga nisbatan tovar qiymatini 26 foiz oshirib, muvaffaqiyatga erishdi.
Ro‘yxatda ikkinchi o‘rinni qiymati 1 milliard 500 million dollarga baholangan Archelik egalladi. Uchinchi o‘rinda 927 million dollar bilan Vestel brendi qayd etdi.
Garanti BBVA banki o‘tgan yilga nisbatan 3 pog‘onaga ko‘tarilib, 767 million dollar qiymati bilan 4-o‘ringa ko‘tarildi.
