13:08 / 15.06.2023
230

Britaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga topshirishga mo‘ljallangan dronlarni ko‘rsatdi (video)

Britaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga topshirishga mo‘ljallangan dronlarni ko‘rsatdi (video)
Foto: Twitter
Buyuk Britaniya Mudofaa vazirligi Twitter'da Ukrainaga yuborish uchun mo‘ljallangan jangovar dronlarning so‘nggi modeli aks etgan videoni namoyish etdi. Dronlar avvalroq e’lon qilingan 92 million funt sterlinglik harbiy yordam doirasida yetkazib beriladi.
 
Kadrlarda suvosti kemalariga qarshi o‘qlar bilan jihozlangan o‘rta o‘lchamdagi dronlarni ko‘rish mumkin. Keyingi kadrda ham yerdan, ham harbiy kemadan uchishga qodir razvedkachi dron paydo bo‘ladi. Uchuvchisiz uchoqlardan biriga NAF-167 yozuvi tushirilgan.
Birinchi partiyani yetkazib berish kelasi oy boshlanadi”, — deyilgan videodagi izohda.
 
Britaniyaning Ukrainaga buyurtma asosida ishlab chiqarilgan dronlarni, jumladan, kamikadze uchoqlarini yetkazib berish rejalari haqida avval The Telegraph nashri xabar bergan edi. Gazetaning yozishicha, dronlarni ishlab chiqish va ularni Ukrainaga o‘tkazishga tayyorgarlik qat’iy maxfiylik sharoitida olib borilgan, ularning uchish masofasi 200 kilometrdan oshadi.
 
May oyi o‘rtalarida Reuters Britaniya bosh vaziri Rish Sunak bayonotiga tayanib, Londonning Ukrainaga “yuzlab” jangovar dronlar va havo hujumidan mudofaa tizimlarini topshirish qarori haqida xabar bergandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniya Mudofaa vazirligi Ukrainaga topshirishga mo‘ljallangan dronlarni ko‘rsatdi (video)
ePN