10:25 / 16.06.2023
660

London politsiyachisi: «Men Islomni emas, Alloh meni tanladi»

London politsiyachisi: «Men Islomni emas, Alloh meni tanladi»
Londonlik Pol Riding ismli politsiyachi Edvar Roudda mahalliy musulmonlar jamoasi bilan 16 yil ishlagandan so‘ng Islomni qabul qilgan.
 
"Mening ishim - jamoatchilik bilan muloqot qilish", deydi Pol musulmonlar ko‘p bo‘lgan mintaqada tartibni saqlash vazifasi haqida. “Ko‘pchilik menga: Pol, inshaalloh, qachondir sen islomni qabul qilib, musulmon bo‘lasan”, deb aytishardi, deb eslaydi u. “Ammo hech kim meni bunday qilishga majburlamagan. Oradan ma’lum vaqt o‘tgach, men Qur’onni o‘rganishni boshladim va Islom diniga diqqat bilan qaray boshladim. Bu ajoyib, tinchlik dini. Besh oy ichida men ikki marta Qur’onni  o‘qib chiqdim”.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, hozirda u birorta ham farz namozni qazo qilmaydi. “Yonimga kelgan dindosh yoshlardan: “Namoz o‘qiyapsizmi?” deb so‘rayman. Bir kuni kelib ular: “Biz ham namoz o‘qiyapmiz”, deyishadi. Alhamdulillah, shunday bo‘ladi... Ular meni, men esa ularni ilhomlantira olaman, – deya ta’kidlaydi qonun posboni.
 
– Odamlar mendan: nega Islomni tanladingiz? – deb so‘rashadi.
 
Men Islomni emas, Alloh meni tanladi deb javob beraman. Xudoga shukur, menda hech qanday shubha-gumon yo‘q. Men shunchaki politsiyachi emasman. Men aka, amaki, o‘g‘il, jiyan va do‘stman. Va men baxtliman! – deydi Pol.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » London politsiyachisi: «Men Islomni emas, Alloh meni tanladi»
ePN