06:30 / 17.06.2023
246

Zelenskiy: Muzokaralar faqat Rossiya qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin o‘tkazilishi mumkin

Zelenskiy: Muzokaralar faqat Rossiya qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin o‘tkazilishi mumkin
Foto: Reuters
16 iyun kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevda qurolli mojaroni hal qilish bo‘yicha Afrika missiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvdan so‘ng u Rossiya o‘z qo‘shinlarini olib chiqqandan keyingina tinchlik muzokaralari o‘tkazilishi mumkinligini aytdi.
 
«Shubhasiz, Rossiya terrorining to‘xtatilishi va ularning barchasini Ukraina hududidan olib chiqib ketilishi — urushga barham bera oladi. Ukraina va dunyoga muzlatilgan mojarolar ham, cho‘g‘ olayotgan urushlar ham kerak emas. Tinchlik kerak. Biz bugun Afrika davlatlari rahbarlari va yuqori vakillaridan iborat delegatsiya bilan Rossiya shantajisiz va aldovisiz haqiqiy va adolatli tinchlikka erishish yo‘li haqida gaplashdik», deb yozdi Zelenskiy ijtimoiy tarmoqda.
 
Delegatsiya tarkibiga Komor orollari ittifoqi prezidenti Azali Assumani, Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosa, Senegal prezidenti Maki Sall va Zambiya prezidenti Xakainde Xichilema, Misr bosh vaziri Mustafo Madbuliy, shuningdek, Kongo prezidenti maxsus vakili Floran Ntsiba va Uganda prezidenti vakili Ruhakana Rugunda kirdi.
 
15 iyun kuni delegatsiya Polshada bo‘ldi. 17 iyun kuni missiya Sankt-Peterburgda Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi.
 
Reuters xabariga ko‘ra, Afrika davlatlarining Ukrainadagi mojaroni hal qilish rejasi loyihasida muzokaralarni tezlashtirish uchun Rossiya qo‘shinlarini Ukraina hududlaridan olib chiqish haqidagi taklif ham bor.
 
Yevropa Ittifoqi rasmiylariga ko‘ra, agar Afrika yetakchilari Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi harbiy mojaroni muzlatib qo‘yishni taklif qilsa, bunday tinchlik rejasi qo‘llab-quvvatlanmaydi.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: Muzokaralar faqat Rossiya qo‘shinlari olib chiqilgandan keyin o‘tkazilishi mumkin
ePN