10:36 / 17.06.2023
215

JAR prezidenti Ukraina bo‘yicha Afrika tinchlik rejasining 10 ta bandini ma’lum qildi

Foto: Korrespondent

Janubiy Afrika Respublikasi (JAR) prezidenti Siril Ramafosa Rossiya-Ukraina urushidagi Afrika Ittifoqi davlatlari pozitsiyasining 10 ta asosiy “tarkibi”ni sanadi. Bu haqda “Interfaks-Ukraina” xabar berdi.

Ramafosa Kiyevda prezident Vladimir Zelenskiy bilan uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida bu bo‘yicha gapirgan.

“Biz bu yerga olib kelgan tinchlikning asosiy bandi shuki, urushni hal qilish kerak, diplomatik muzokaralar yo‘li bilan tinchlik o‘rnatilishi zarur”, — dedi u.

JAR yetakchisi keyingi navbatda konfliktning keskinligini yumshatish zarurligini aytdi.

“Bugun tashrifimiz davomida raketa hujumlarini eshitdik. Bunday harakatlar tinchlik o‘rnatishda unchalik yaxshi ishlamaydi. Shu bois, ikki tomonning vaziyatni yumshatish zarurati haqida gapiryapmiz, shunda tinchlikka qanday erishilishi, vaziyat qanday hal qilinishi kerakligi bo‘yicha yo‘l topiladi”, — dedi siyosatchi.

Ramafosa BMT Nizomiga muvofiq davlatlar suvereniteti va xalqlar mustaqilligi hurmat qilinishi kerakligini bildirdi. U tinchlikka erishishda barcha mamlakatlar uchun xavfsizlik kafolatlari zarurligini ta’kidladi.

Oltinchi yo‘l Ukraina va Rossiya don hamda o‘g‘it eksportini ta’minlashi kerak. JAR yetakchisi “Ukrainaga kelish sabablaridan biri Afrika ham bu urushning salbiy oqibatlarini boshdan kechirayotgani”ni aytdi.

“Bizda g‘alla narxi oshdi, o‘g‘it tanqisligi o‘sha-o‘sha, ularning narxi ham ko‘tarildi”, — dedi u.

Ramafosa yettinchi tinchlik punkti urush qurbonlari bo‘lgan, azob chekayotganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish ekanini aytdi.

“Biz ana shunday insonparvarlik yordami tarafdorimiz”, — dedi u.

 Afrika yetakchilarining fikricha, sakkizinchi punkt mahbuslarni majburiy almashish, jumladan, bolalarni qaytarishdir.
 
JAR rahbari to‘qqizinchi punktni urushdan keyingi tiklanish va urush qurbonlariga yordam berish deb nomladi. Siyosatchi o‘ninchi asosiy punktni quyidagicha ko‘radi:

“Muzokara davomida Zelenskiy Afrika mamlakatlari bilan yaxshiroq aloqa qilishimiz kerakligini aytdi. Biz bu konfliktning tugashini istaymiz. Uning yakunlanishi Afrika xalqlari bilan birgalikda butun dunyoga foyda keltiradi”, — xulosa qildi JAR yetakchisi.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » JAR prezidenti Ukraina bo‘yicha Afrika tinchlik rejasining 10 ta bandini ma’lum qildi
ePN