12:12 / 17.06.2023
278

Google kompaniyasi sobiq rahbari “rossiyalik oligarxning” yaxtasini sotib oldi (foto)

Foto: BOAT International

Google kompaniyasining sobiq bosh direktori Erik Shmidt kim oshdi savdosida Alfa Nero superyaxtasini sotib oldi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Yaxta 2022 yil fevral oyida Rossiya Ukrainaga hujum qilganidan beri Antigua va Barbudada bo‘lgan. O‘sha yilning avgust oyida AQSH G‘aznachiligining Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi “FosAgro” hammuallifi Andrey Guryevni kema egasi deb e‘lon qilgan, u sanksiyalar ro'yxatiga kiritilgan.

Foto: Yaxtaning ichki ko‘rinishi / Yacht Charter Fleet

2023 yil mart oyida Antigua va Barbuda rasmiylari, agar yaxta egasi o‘n kun ichida kelmasa va unga bo‘lgan huquqlarini talab qilmasa, “rus oligarxiga” tegishli deb aytilgan yaxtani kim oshdi savdosiga qo‘yishini e’lon qilgan.

Foto: Yaxtaning ko‘rinishi / Yacht Charter Fleet

Antigua va Barbuda hukumati AQSHdan yaxtaga qo‘yilgan sanksiyani olib tashlashni so‘ragan. Hukumat yaxtani saqlash xarajatlari tufayli uni auksionda sotishga qaror qilgan. 1 iyun kuni AQSH yaxtaga qo‘yilgan cheklovlarni olib tashlagan.

Foto: Yaxtaning ichki ko‘rinishi / Yacht Charter Fleet

Shmidt yaxta uchun 67,6 million dollar to‘lagan. Tadbirkor 2001—2011-yillarda Google kompaniyasining bosh direktori bo‘lgan. U Bloomberg milliarderlar indeksida 25 milliard dollar boyligi bilan 59-o‘rinda, Guryev esa 10,3 milliard dollar bilan 195-o‘rinda turadi.

Foto: Yaxtaning ichki ko‘rinishi / Yacht Charter Fleet

AQSH moliya vazirligi Guryev yaxtani 2014 yilda 120 million dollarga sotib olganini ma’lum qildi. Forbes va Observer biznesmenning kema bilan aloqasi borligi haqida yozgan. Shu bilan birga, 2015 yilda Guryevning vakili tadbirkorning yaxtasi yo‘qligini, lekin uni “muntazam ravishda ijaraga olishini” aytgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Google kompaniyasi sobiq rahbari “rossiyalik oligarxning” yaxtasini sotib oldi (foto)
ePN