
Kiyevga Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini yetkazib berish “Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qurolli mojaroda NATOning keyingi ishtiroki uchun jiddiy xavf tug‘diradi”, dedi juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi majlisida so‘zlagan nutqida.
Putinning bayonotlaridan ko‘rinib turibdiki, Moskva NATOga a’zo davlatlar hududiga, agar samolyotlar joylashtiriladigan bo‘lsa, ularga zarba berishni istisno etmaydi.
“Agar ular (F-16 samolyotlari) Ukrainadan tashqaridagi havo bazalarida joylashgan bo‘lsa va jangovar harakatlarda foydalanilsa, Rossiya unga qarshi jangovar harakatlarda qo‘llaniladigan qurollarni qanday va qayerda yo‘q qilishi mumkinligini ko‘rib chiqadi”, — deya Putindan iqtibos keltiradi Interfaks.
Hozirgacha Yevropaning kamida beshta davlati - Belgiya, Buyuk Britaniya, Daniya, Niderlandiya va Norvegiya xususiy ravishda Ukrainaga F-16 samolyotlarini berishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishdi, ikkitasi - Gollandiya va Polsha allaqachon Ukraina uchuvchilari bilan mashg‘ulotlarni boshlagan.
Uzoq vaqt davomida Kiyevga harbiy aviatsiya berilishiga qarshi bo‘lgan Qo‘shma Shtatlar ham NATO davlatlari tarkibida bo‘lgan qiruvchi samolyotlarni yetkazib berishga yashil chiroq yoqdi.
Britaniya xalqaro strategik tadqiqotlar instituti (IISS) ma’lumotlariga ko‘ra, bu davlatlar kamida 125 ta F-16 qiruvchi samolyotini to‘liq jangovar shay holatda ta’minlashga qodir. Kiyev 24 dan 36 tagacha shunday samolyot so‘ramoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar