21:40 / 18.06.2023
602

“Vagner” rahbari urushga yollangan mahbuslardan qanchasi uyga qaytganini ma’lum qildi

“Vagner” rahbari urushga yollangan mahbuslardan qanchasi uyga qaytganini ma’lum qildi
Foto: AP Photo
“Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi jangchilari safida Rossiyaning Ukrainadagi bosqinida qatnashgan 32 ming sobiq mahbus uyga qaytdi. Bunday ma’lumotni kompaniya asoschisi Yevgeniy Prigojin xabar qildi.
 
Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, urushdan so‘ng ozodlikka chiqqanlar 83 ta yangi jinoyat sodir etgan — bu qamoqdan “Vagner” bilan shartnoma tuzmasdan ozod qilingan shaxslarning yangi jinoyatlaridan 80 baravar kam.
 
Ukrainadagi urushda qatnashish uchun Rossiya koloniyalaridan mahbuslar yollanayotgani 2022 yilning yozida ma’lum bo‘lgandi. Buning evaziga mahkumlarga naqd pul to‘lash va afv etish va’da qilingan. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada jang qilishga rozi bo‘lgan mahbuslarni afv etish to‘g‘risidagi farmonlarni imzolayotganini tasdiqlagan.
 
Dastlab, mahbuslarni urushga yollash bilan “Vagner” shug‘ullangan. 2023 yil fevral oyida Yevgeniy Prigojin kompaniya mahbuslarni yollashni to‘xtatganini e’lon qildi. Xabarlarga ko‘ra, endi Rossiya Mudofaa vazirligi topshirig‘i bilan mahbuslarni urushga jalb qilish boshlandi.
 
Umuman olganda, Prigojinning so‘zlariga ko‘ra, “Vagner” 50 000 mahbusni yollagan, ularning 20 foizi halok bo‘lgan.
Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Vagner” rahbari urushga yollangan mahbuslardan qanchasi uyga qaytganini ma’lum qildi
ePN