15:15 / 19.06.2023
525

Ekvadorda bir hafta oldin tobutdan tirik topilgan ayol vafot etdi

Ekvadorda bir hafta oldin tobutdan tirik topilgan ayol vafot etdi
Foto: Skrinshot
Ekvadorda 76 yoshli Bella Montoya dafn marosimiga tayyorgarlik vaqtida tobutdan tirik topilganidan keyin bir necha kun o‘tib vafot etdi, deb xabar bermoqda El Univerco.
 
9 iyun kuni Montoya insult va yurak xuruji gumoni bilan kasalxonaga yotqizilgandi. Shifokorlar ayolga yordam berishga uringan, biroq u jonlantirish choralariga reaksiya bildirmagan. Natijada navbatchi shifokor uning o‘lganini ma’lum qilgan. O‘sha kuni qarindoshlari ayolning jasadini dafn marosimiga olib ketgan, ammo tayyorgarlik paytida uning hali nafas olayotganini payqashgan. So‘ng Montoya yana kasalxonaga olib ketilgan. Shifokorlarga nisbatan tekshiruv boshlangan.
 
OAV yozishicha, 16 iyun kuni Montoya Babaoyo shahar kasalxonasining reanimatsiya bo‘limida vafot etdi — u birinchi safar ham o‘sha yerda o‘lgan, deb topilgandi. Uning o‘limini yaqinlari tasdiqladi. Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘lim sababi ishemik insult.
 
BBC News mahalliy OAVga tayanib xabar berishicha, ayolning jasadi allaqachon jamoat qabristoniga dafn etilgan. Marosimni Montoyaning birinchi dafn marosimiga tayyorgarlik ko‘rgan cherkov o‘tkazgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekvadorda bir hafta oldin tobutdan tirik topilgan ayol vafot etdi
ePN