13:22 / 20.06.2023
238

Xitoy Kubada harbiy o‘quv lageri ochishni rejalashtirmoqda

Xitoy Kubada harbiy o‘quv lageri ochishni rejalashtirmoqda
Foto: Getty Images
Xitoy va Kuba yangi qo‘shma harbiy o‘quv markazi ochish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Vashington bu holat Xitoy qo‘shinlari va razvedka operatsiyalari Florida qirg‘oqlaridan bor-yo‘g‘i yuz chaqirim uzoqlikda joylashtirilishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirda, deb yozadi The Wall Street Journal (WSJ) 20 iyun, seshanba kuni AQSH ma’muriyatining amaldagi va sobiq xodimlariga tayanib.
 
AQSH razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, Kubaning shimoliy qirg‘og‘ida yangi harbiy baza ochish bo‘yicha muzokaralar faol bosqichda, ammo hali yakunlanmagan. AQSH prezidenti Jo Bayden ma’muriyati kelishuvga erishishning oldini olish maqsadida Kuba rasmiylari bilan aloqa o‘rnatmoqda. Shu bilan birga, Oq uy Kubaning suverenitetni yo‘qotishi haqidagi taxminlarga tayanishga harakat qilmoqda, deydi WSJ manbalari. Oq uy izoh berishdan bosh tortdi.
 
WSJ ta’kidlashicha, Vashingtonda Xitoyning Karib havzasi va Lotin Amerikasidagi ambitsiyalaridan xavotir kuchayishi Oq uyning Pekin bilan savdo mojarolari va Amerikaning Xitoy o‘z viloyati deb hisoblagan Tayvanni qo‘llab-quvvatlashi sababli keskinlikni yumshatishga urinishlari fonida kuzatilmoqda.
 
AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning Pekinga tashrifi, aftidan, vaziyatni biroz yumshatishga imkon berdi, ammo Blinken tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik uchun Xitoy bilan ikki mamlakat harbiylari o‘rtasidagi aloqalarni tiklash bo‘yicha kelisha olmadi.
 
WSJ suhbatdoshlari Kubada Xitoy harbiy markazi ochilishi rejalashtirilgani haqidagi ma’lumotlar Amerika razvedkasining o‘ta maxfiy ma’lumotlariga asoslanganini, ular ishonarli ekanini ta’kidladi. Nashr faqatgina 8 iyun kuni Pekin va Havana Kubada yangi telefon suhbatlarini tinglash markazi ochishga prinsipial kelishib olgani haqida xabar berdi. Ikki kundan keyin Oq uy Xitoy josuslik saytlari Kubada 2019 yildan beri mavjud ekani haqidagi razvedka ma’lumotlarini oshkor qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy Kubada harbiy o‘quv lageri ochishni rejalashtirmoqda
ePN