13:22 / 21.06.2023
969

Turkmanistonda 50 yildan beri yonayotgan “Jahannam darvozasi” gaz kraterini o‘chirish yo‘li topildi

Turkmanistonda 50 yildan beri yonayotgan “Jahannam darvozasi” gaz kraterini o‘chirish yo‘li topildi
Foto: Sputnik
Turkmaniston Qoraqum cho‘lidagi “Jahannam darvozasi” deb nomlanuvchi Darvaza gaz kraterini o‘chirish loyihasini ishlab chiqdi. Loyiha tasdiqlanish bosqichida, deb yozmoqda “TASS” “Turkmangaz” davlat konsernining tabiiy gaz ilmiy tadqiqot instituti laboratoriyasi rahbari Irina Lurevaga tayanib.
Biz loyihani ishlab chiqdik, uning asosiy mohiyati ushbu avariyali quduqqa gaz oqimini cheklashdan iborat. Hozir u amaliyotga qo‘llash bosqichida. Ish hali boshlanmagan, lekin uni boshlashdan oldin nazariy o‘rganish kerak. Loyiha allaqachon ishlab chiqilgan, tasdiqlash bosqichida”, — dedi Lureva.
 
U kon murakkab geologik tuzilishda ekanini tushuntirdi: u yerda juda yupqa qatlamlar bor va ularning aksariyati yuzadan ming metrgacha chuqurlikda yotadi.
 
Olimlarning fikricha, muammoning yagona yechimi — krater yaqinida burg‘ilab quduq qazish, bu gazning barcha qatlamlarga yetib borishini ta’minlaydi.
 
Tartibga solinmagan gaz oqimlarini shu tarzda to‘xtatish mumkin”, — deb tushuntirdi Lureva.
 
Ushbu mashhur sayyohlik obyekti 1971 yilda Sovet geologlari bu joyda yerosti gazi to‘planganini aniqlagan vaqtda paydo bo‘lgan. O‘rnatilgan gaz platformasi bo‘shliqqa tushib ketib, chuqur krater hosil qilgan. Odamlar va chorva mollari uchun zararli bo‘lgan gazlar havoga chiqishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida ular bu yerga o‘t qo‘yishga qaror qilgan. Geologlar yong‘in bir necha kundan keyin o‘chadi, deb o‘ylagan, ammo ular adashgan edi. 50 yil davomida kraterdan ko‘tarilgan gaz kecha-yu kunduz tinimsiz yonmoqda.
 
2004 yilda Darvaza posyolkasi gazning atrof-muhitga zararli ta’siri tufayli ko‘chirildi. Krater xalq orasida “Jahannam darvozasi” deb ataladi. Rasmiylar obyektning nomini “Qoraqum yog‘dulari” deb o‘zgartirishga harakat qilgan, ammo bu nom qabul qilinmagan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmanistonda 50 yildan beri yonayotgan “Jahannam darvozasi” gaz kraterini o‘chirish yo‘li topildi
ePN