15:42 / 22.06.2023
410

Zelenskiyning rafiqasi urush vaqtida nimalar bilan shug‘ullanayotganini aytib berdi

Zelenskiyning rafiqasi urush vaqtida nimalar bilan shug‘ullanayotganini aytib berdi
Foto: IMAGO
Ukraina prezidentining rafiqasi Yelena Zelenskaya The Jerusalem Post nashriga bergan intervyusida urush paytida nimalar bilan bandligi hamda xavfsizlik nuqtai nazaridan turmush o‘rtog‘idan alohida yashashini aytdi.
 
Zelenskayaning so‘zlariga ko‘ra, u har kuni ishlash uchun ofisga boradi, shu bilan birga turmush o‘rtog‘idan alohida yashaydi: Vladimir Zelenskiy xavfsizlik nuqtai nazaridan ofisda tunaydi, Yelena esa bolalarning oldiga qaytadi.
 
Omadimiz kelsa, ofisda tushlikda uchrashamiz. Hozirda hech birimizda hordiq chiqarish yoki ko‘ngil ochish imkoniyati yo‘q”, — deya qo‘shimcha qildi Zelenskaya.
 
Bundan tashqari, u ofisda ruhiy salomatlik dasturlari, maktablardagi tushlik sifatini oshirish va oilaviy zo‘ravonlik qurbonlariga yordam berish kabi loyihalar ustida ishlayotganini aytdi. Birinchi xonim, shuningdek, intervyular beradi, telefon va video qo‘ng‘iroqlarni amalga oshiradi.
 
Ma’lumot uchun Yelena Zelenskaya 1978 yil fevralda Krivoy Rog shahrida tug‘ilgan. U bo‘lajak turmush o‘rtog‘i bilan Krivoy Rog gimnaziyasida parallel sinflarda o‘qigan, ammo ular keyinroq, Yelena qurilish universiteti talabasi bo‘lganida va Vladimir Zelenskiy huquqshunoslik diplomini olganida gaplashishni boshlagan. Juftlik 2003 yilda turmush qurishidan oldin sakkiz yil uchrashib yurgan. Ularning ikki farzandi bor: Aleksandra (2004 yil 15 iyulda tug‘ilgan) va Kiril (2013 yil 21 yanvarda tug‘ilgan).
 
Ukrainada urush boshlanishidan oldin Zelenskaya jamoat oldida faol emasdi, lekin 2022 yilning fevral oyidan beri u ko‘plab G‘arb siyosatchilari va ularning rafiqalari bilan uchrashishga muvaffaq bo‘ldi, sentyabrda esa BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan ko‘rishdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiyning rafiqasi urush vaqtida nimalar bilan shug‘ullanayotganini aytib berdi
ePN