20:55 / 22.06.2023
123

Ilon Mask Meta kompaniyasi rahbari Mark Sukerbergni qafas ichida jang qilishga chorladi

Ilon Mask Meta kompaniyasi rahbari Mark Sukerbergni qafas ichida jang qilishga chorladi
Foto: New York Post
Twitter'ning yangi egasi Ilon Mask jang san’atlari ishqibozi bo‘lgan Meta bosh direktori Mark Sukerberg bilan jang qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.
 
Meta'ga tegishli Instagram Twitter'ga raqobatdosh bo‘ladigan, matnga asoslangan ijtimoiy tarmoq yaratish rejalari haqidagi xabar berganidan so‘ng, 51 yoshli Mask yaqinda havaskorlar o‘rtasidagi braziliyacha jiu-jitsu turnirida g‘olib chiqqan 39 yoshli Sukerbergni “qafasdagi jang”ga chaqirdi.
Skrin: Twitter
Mask seshanba kuni Twitter'ga o‘zining yosh raqibini Meta kompaniyasiga tegishli yangi platformaga hech qanday imkoniyat qoldirmasligi haqida ogohlantirib, izoh qoldirgan.
 
Foydalanuvchilardan biri Maskka: “Yaxshisi, ehtiyot bo‘l, u jiu-jitsu bilan shug‘ullanayotgani haqida eshitdim”, — deya yozib qoldirgan.
 
Bunga javoban tadbirkor: “Agar shunaqa bo‘lsa, u bilan qafasda jang qilishga tayyorman”, — deb javob qaytardi.
Ilon Mask 2022 yil Jo Rogan bilan bo‘lgan podkastda bolaligida kiokushin karate, taekvondo, dzyudo va braziliyacha jiu-jitsu bilan shug‘ullanganini aytib o‘tgandi.
Foto: Twitter
Shuningdek, Mask sumo jangchisiga qarshi sparringga chiqqan suratini ham ulashgan. “Uni uloqtirishga muvaffaq bo‘ldim, lekin buning evaziga 8 yillik bel og‘rig‘ini orttirib oldim”, — ushbu suratga izoh berarkan Ilon.
Foto: Twitter
Sukerberg esa Lex Fridman bilan bo‘lib o‘tgan podkastda jiu-jitsuni o‘rganayotgan vaqtda, hatto, kaltaklanishga ham tayyor bo‘lganini ta’kidlagan.
Foto: Instagram
Mark o‘z Instagram sahifasida Ilonga javob tariqasida: “Menga manzilni jo‘nat”, — deya yozib qoldirgan.
Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Mark Sukerberg o‘zining jiu-jitsu sparringi tasvirlangan kadrlarni e’lon qilgandi. Videoda Mark jiu-jitsu bo‘yicha mashhur chempion Mark Musumechi bilan mashg‘ulot o‘tayotganini ko‘rish mumkin. Facebook asoschisi MMA'da ishtirok etish uchun mashg‘ulot o‘tayotganini aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Mask Meta kompaniyasi rahbari Mark Sukerbergni qafas ichida jang qilishga chorladi
ePN