21:22 / 22.06.2023
317

AQSH Sohil qo‘riqlash xizmati: Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan “Titan” batiskafida kislorod tugadi

Foto: Google Images

19-iyun kuni Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan batiskafda kislorod yetkazib berish Shimoliy Amerika vaqti bo‘yicha 07:08 da (Toshkent vaqti bilan 16:08) tugadi, bu haqda AQSH Sohil qo‘riqlash xizmati (SQX) ma’lum qildi.

Bir kun oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida SQX koordinatori Jeymi Frederik batiskafda kislorod qachon tugashining aniq vaqtini ayta olmasligini, shu sababli umid qilishda davom etish zarurligini ta’kidlagandi.

Suv osti kemalarini qidirish va qutqarish bo‘yicha mutaxassis Frenk Ouenning Associated Press’ga aytishicha, yo‘lovchilar suvosti kemasining kislorod ta’minotini uzoqroq muddatga uzaytirishi mumkin, bu holda Sohil qo‘riqlash xizmatining hisob-kitobi noto‘g‘ri bo‘lib chiqadi.

Bortida besh kishi bo‘lgan suvosti transport vositasi “Titanik” kemasi qoldiqlari tomon ketayotganda g‘oyib bo‘lgani 19-iyun, dushanba kuni ma’lum bo‘ldi.

Batiskaf ishlab chiqaruvchi kompaniya kemaning favqulodda rejimda maksimal 96 soat ishlashini ta’minlagan. Kecha, 20-iyun kuni AQSH Sohil qo‘riqlash xizmati batiskafni okean uzra samolyotda uchib qidirishni boshladi. Bugun, 21-iyun kuni batiskafni qidirayotgan kanadalik qutqaruvchilar kema bedarak yo‘qolgan hududda “taqillash” ovozini eshitishganini ma’lum qilishdi. Ovozlar yarim soatlik interval bilan tarqalgan. Ammo kemaning o‘zini topishning imkoni bo‘lmadi.

Batiskaf bortida britaniyalik milliarder Xemish Xarding, OceanGate asoschisi Stokton Rash, fransuz professional akvanavti Pol-Anri Nargolet, shuningdek, asli pokistonlik britaniyalik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning o‘g‘li Sulaymon bor.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Sohil qo‘riqlash xizmati: Atlantika okeanida g‘oyib bo‘lgan “Titan” batiskafida kislorod tugadi
ePN