22:44 / 22.06.2023
242

Mark Sukerberg Ilon Maskning oktagonda o‘zaro jang qilish bo‘yicha taklifini qabul qildi

Mark Sukerberg Ilon Maskning oktagonda o‘zaro jang qilish bo‘yicha taklifini qabul qildi

Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg Twitter egasi Ilon Maskning ringdagi qoidalarsiz jangda o‘zaro orani ochiq qilib olish bo‘yicha taklifini qabul qildi. Bu haqda The Verge xabar berdi.

Nashrning yozishicha, Meta Twitter’ga raqobatchi ilovani ishga tushirish niyatida ekani haqida ma’lumot paydo bo‘lgach, Ilon Mask Mark Sukerbergni ringga chaqirgan.

“Agar Sukerberg rozi bo‘lsa, men u bilan oktagonda jang qilishga tayyorman”, — deb yozdi Mask Twitter’dagi sahifasida.

Sukerberg Maskning taklifiga Instagram’dagi stories’da “Menga jang joyini yubor” degan yozuv bilan javob berdi. “Las-Vegasdagi oktagon”, dedi Mask.

Meta’ning Twitter’ga o‘xshash ilovani ishga tushirmoqchi ekanligi haqida 8-iyun kuni The Wall Street Journal tomonidan e’lon qilingandi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Mark Sukerberg Ilon Maskning oktagonda o‘zaro jang qilish bo‘yicha taklifini qabul qildi
ePN