18:12 / 23.06.2023
146

Ilon Maskning onasi uning Mark Sukerberg bilan jangini bekor qildi

Ilon Maskning onasi uning Mark Sukerberg bilan jangini bekor qildi
Foto: Reuters
Amerikalik milliarder Ilon Maskning onasi Mey Mask Meta korporatsiyasi rahbari Mark Sukerberg bilan o‘g‘li o‘rtasidagi jangni bekor qilganini aytdi.
 
Mask va Sukerberg Las-Vegasdagi oktagonda orani ochiq qilib olishga kelishishgandi.
 
Aslida men jangni bekor qildim. Men ularga hali aytmadim. Lekin har ehtimolga qarshi jang bekor bo‘lganini aytib qo‘ymoqchiman”, — deb yozdi Mask xonim Twitter'da.
 
Mey Maskning qo‘shimcha qilishicha, Ilon Mask va Mark Sukerberg o‘rtasidagi duel faqat gap orqali bo‘lishi kerak.
 
Kimni gapi qiziqroq bo‘lsa, u g‘alaba qozonadi”, deya qo‘shimcha qildi u. Bunga Ilon Mask smaylik bilan munosabat bildirdi.
 
Avvalroq, Mask Twitter'da Sukerberg bilan orani ochiq qilib olish uchun oktagonda jang qilishga tayyor ekanligini aytdi.
 
Sukerberg Maskning taklifiga Instagram'dagi stories'da “Menga jang joyini yubor”, degan yozuv bilan javob berdi. “Las-Vegasdagi oktagon”, dedi Mask.
 
Ma’lum qilinishicha, Meta kompaniyasi Twitter'ga raqobatchi dasturni ishga tushirish niyatida ekani haqida ma’lumot paydo bo‘lgach, Ilon Mask Mark Sukerbergni jangga chaqirgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ilon Maskning onasi uning Mark Sukerberg bilan jangini bekor qildi
ePN