19:42 / 23.06.2023
411

“Titan” ekipaji a’zolarining jasadlari hech qachon topilmasligi mumkin

“Titan” ekipaji a’zolarining jasadlari hech qachon topilmasligi mumkin
“Titan” suvosti kemasi ekipaj a’zolari
Foto: AFP
Atlantika okeanida yo‘qolgan “Titan” suvosti kemasi ekipajining a’zolari halok bo‘lgan, degan to‘xtamga kelingani haqida xabar berilgandi. Qidiruv davomida topilgan kema qoldiqlari “Titan”ga tegishli ekani tasdiqlangan.
 
Daily Mail nashrining ma’lum qilishicha, suvosti kemasida halok bo‘lgan ekipaj a’zolarining jasadlari hech qachon topilmasligi mumkin. Okean ostidagi qidiruv ishlari nihoyatda murakkab ekanligi shunday fikrning yuzaga chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
 
Qutqaruv operatsiyasida ishtirok etgan qidiruvchilarning ta’kidlashicha, “Titan” bortidagi besh kishi yakshanba kunidayoq halok bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Ammo portlashga nima sabab bo‘lgani hozircha aniqlanmagan.
 
Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda izoh qoldirayotgan ba’zi foydalanuvchilar mazkur voqea ataylab uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.
 
Kemada britaniyalik milliarder Xemish Xarding, OceanGate rahbari Stokton Rash, Fransiya dengiz floti faxriysi Per-Anri Nargeole va pokistonlik milliarder Shahzoda Dovud hamda uning 19 yoshli o‘g‘li Sulaymon bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Titan” ekipaji a’zolarining jasadlari hech qachon topilmasligi mumkin
ePN