18:45 / 24.06.2023
668

Qurolli isyon ko‘tarishga urinish: rasmiylarning asosiy bayonotlari

Qurolli isyon ko‘tarishga urinish: rasmiylarning asosiy bayonotlari
Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Telegram-kanalida Rossiyani parchalashga chanqoq tashqi va ichki dushmanni yengish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putin atrofida birlashishga chaqirdi.
 
"Bo‘linish va xiyonat - eng katta fojiaga, umumbashariy falokatga yo‘l. Biz bunga yo‘l qo‘ymaymiz. Dushman mag‘lub bo‘ladi! G‘alaba bizniki bo‘ladi", deb yozadi Medvedev.
 
Checheniston Mudofaa vazirligi va Rossiya gvardiyasi jangchilari allaqachon keskinlik yuzaga kelgan hududlarga jo‘nab ketishdi. Bu haqda Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov ma’lum qildi, deb yozadi RIA Novosti.
 
Qodirov Rostovdagi vaziyat munosabati bilan Checheniston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Rossiya gvardiyasi jangchilari allaqachon keskinlik zonalariga jo‘nab ketganini aytdi.
 
Davlat Dumasi raisi Vyacheslav Volodin Telegram-kanalida Vagner jangchilari yagona to‘g‘ri tanlov – o‘z xalqi bilan birga bo‘lishlari kerakligini yozdi.
 
"Vagner askarlari yagona to‘g‘ri tanlov qilishlari kerak: o‘z xalqi bilan birga, qonun tarafida bo‘lish, o‘z vatanining xavfsizligi va kelajagini himoya qilish, oliy qo‘mondon buyrug‘ini bajarish. Qolgan hamma narsa xiyonatdir!", deb yozadi Volodin.
 
Federatsiya Kengashi rahbari ham isyonga urinish haqida fikr bildirdi. Valentina Matviyenkoning so‘zlariga ko‘ra, Federatsiya Kengashi prezidentni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va jamiyatni birlashtirish zarurligini tushunadi.
 
Bunday ulkan, ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali mamlakatning kuchi har bir insonning fuqarolik pozitsiyasiga asoslangan birdamligida, xiyonat va ig‘vogarlikka tarixiy toqat qilmasligimizdadir”, deb yozadi Matviyenko.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qurolli isyon ko‘tarishga urinish: rasmiylarning asosiy bayonotlari
ePN