19:42 / 24.06.2023
1 122

Yonib ketsin bu dunyo!

Yonib ketsin bu dunyo!
O‘tgan asr boshlarida Angliyadan Amerika sari yo‘lga chiqqan va ummonga g‘arq bo‘lgan "Titanik" kemasini tomosha qilish uchun dengiz tubiga sayohat qilgan besh nafar badavlat odam, ularning bedarak ketgani haqida xabarlar butun dunyo mediasida keng yoritilmoqda. Bugun esa ularning batiskafi suv ostida portlab ketgani va barchalari halok bo‘lishgani oydinlashdi.
 
Xuddi shu kunlarda dunyoning boshqa yerida 700 kishini o‘z bag‘riga olgan kichik kema ham halokatga uchragani ma’lum bo‘ldi. Ammo ularni qutqarish uchun deyarli hech qanday harakat qilinmadi. Turkiyalik tadqiqotchi-jurnalist Ahmad Hoqonning shu mavzuda tafakkurga chorlovchi fikrlarini keltirib o‘tamiz.
 
Cho‘kkan "Titanik"ni tomosha qilish uchun suv ostiga sayohat qilgan besh nafar badavlat kimsalarni qidirish-qutqarish uchun quyidagi ko‘plab kishilar va vositalar safarbar qilingan:
 
Suv osti tovushlarini aniqlay oladigan samolyot, yana ikkita takomillashtirilgan samolyot, katta kema, katta qutqaruv floti, suv osti kemalarini skanerlash qobiliyatiga ega texnologik qurilmalar, vertolyotlar... AQSH, Fransiya, Kanada...
 
***
Egey dengizida hayot uchun kurashga otlangan, boshqacha aytganda, yaxshiroq yashash umidida bir qayiqqa mingan 700 dan ortiq kambag‘al qochqinlarni qutqarish uchun ko‘rilgan choralar:
Nol. Nol. Nol.
 
***
Muslim bobo nima degandi?
《Yoqsa bu dunyoni g‘ariblar yoqadi》. (ya’ni, bu dunyo g‘arib-bechoralarga yordam berishni to‘xtatish sabab zavolga yuz tutadi)...
 
Ahmad Hoqon
Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yonib ketsin bu dunyo!
ePN