21:10 / 24.06.2023
763

Rossiyadagi keskin vaziyat: Qozog‘istonlik faollar bu borada qanday fikrda?

Rossiyadagi keskin vaziyat: Qozog‘istonlik faollar bu borada qanday fikrda?
Rossiyadagi vaziyat Qozog‘istonda xavotir uyg‘otdi va jamoatchilik o‘rtasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. “Daryo” muxbiri bu borada qozog‘istonlik siyosatshunoslar, huquqshunoslar va huquq himoyachilarining fikrlarini to‘pladi.
 
Siyosatshunos Gaziz Abishev o‘z fikrini bildirar ekan, Rossiya rahbariyati konstitutsiyaviy tuzumni saqlash uchun KXSHTga murojaat qilmasligi kerakligini yozgan.
 
“Vaziyatning rivojlanishi Qozog‘istonning taktik, strategik va tarixiy jihatdan qanchalik to‘g‘ri pozitsiyani egallaganini isbotlaydi. Bu pozitsiya atrof alg‘ov-dalg‘ov bo‘layotganda o‘z xavfsizligingizni saqlashdan iborat”, — dedi Gaziz Abishev.
 
Siyosatshunos Do‘sim Satpaevning fikricha, demarsh Rossiya rasmiylari obro‘siga jiddiy putur yetkazadi. U Rossiyadagi vaziyatni “yaxshi xabar”, mamlakatning o‘zini esa “Mordor” deb atadi.
 
“Tomonlardan biri Putin e’tibori uchun saroy o‘yinlarida mag‘lub bo‘lgach, kuchini namoyish qilish orqali o‘ziga e’tibor qaratishga qaror qildi. Bu vaziyatda Prigojinning harbiy qo‘zg‘oloni qancha davom etishi muhim emas. Ehtimol, u tez orada bostiriladi. Shuningdek, Prigojinning Putin qurshovidagi yashirin tarafdorlari orasida ham tozalash ishlari boshlanishi mumkin”, — deb yozdi Satpayev Facebook'dagi sahifasida.
 
Uning ta’kidlashicha, Vladimir Putin ketganidan keyin Rossiya Federatsiyasi bilan nima ro‘y berishi ham qiziq. Ayniqsa, “hozir uning atrofidagilarning bir qismi hokimiyat va e’tibor uchun kurashda allaqachon qurol-yarog‘ni qo‘lga olgan” vaziyatda kurash yanada qattiq kechishini ta’kidlagan.
 
Qozog‘iston yadro quroliga ega shimoliy qo‘shnisi bilan voqealar rivojining har qanday salbiy ssenariylariga hozirdan tayyorlanishi kerak, deb hisoblaydi Satpayev.
 
“Putin 25 yil davomida avaylab yetishtirgan va qadrlagan narsasiga ega bo‘ldi, xuddi Nazarboyev kabi”, — deydi huquq himoyachisi Baxitjan Toregojina Facebook'da.
 
Bu borada mashhur huquqshunos va bloger Yerjan Yesimxonov ham o‘z fikrlarini bildirdi. U “Vagner”ning isyoni sabablarini aytib o‘tdi va Rossiya hukumati qanday xatoga yo‘l qo‘yganligi haqida fikr yuritdi.
 
“Prigojinning isyoni mutlaqo tabiiy. U o‘zi hozir kurashayotgan qo‘llar tomonidan katta qilingan. Chunki o‘zingizdan boshqa hech kimga bo‘ysunmaydigan, qonun-qoidalarga amal qilmaydigan tashkilot tuzsangiz, ertami-kechmi bu tashkilot rahbarlarida savol tug‘iladi — nega biz umuman birovga hisobot berishimiz kerak?
 
Bularning barchasi qanday yakunlanishi hozircha aniq emas. Hozircha bu shunchaki isyon va eski she’rda aytilganidek, “qo‘zg‘olon muvaffaqiyat bilan tugamaydi — muvaffaqiyatli isyon boshqacha nomlanadi”. Axir bularning barchasi bizning mamlakatimizda sodir bo‘lmayapti va hozircha bu bizga bevosita bog‘liq emas”, — deb yozdi Yesimxonov o‘zining Telegram kanalida.
 
Talgat Satibaldi, Ostona

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyadagi keskin vaziyat: Qozog‘istonlik faollar bu borada qanday fikrda?
ePN