11:31 / 25.06.2023
341

Madinadagi Masjidi Nabaviyga bir kunda qancha zamzam suvi olib kelinadi?

Madinadagi Masjidi Nabaviyga bir kunda qancha zamzam suvi olib kelinadi?
Saudiya Arabistoni matbuot agentligi payshanba kuni haj mavsumining bir kunida Zamzam suvi Masjidi nabaviy atrofidagi 10 000 ta idishga zamzam quyilishi va kerak bo‘lganda yana 5 000 ta idish ishlatilishini ma’lum qildi.
Masjid, uning tomi va hovlisidagi idishlarga to‘ldirish va belgilangan joylarga ko‘chirishda 530 nafar xodim va nazoratchilar jalb etilgan.
 
Hisobotda aytilishicha,  masjiddagi yettita maydon idishlarni to‘ldirishga ajratilgani va uch joyda zamzam quyilgan bir martalik suv idishlarini sovutish uchun ishlatiladi, ulardan 80 mingtasi har kuni tarqatiladi.
 
2012 yilda dunyodagi eng yaxshi 50 ta universitetdan biri bo‘lgan Germaniyaning Geydelberg universiteti Geologiya fanlari instituti olimlari tomonidan olib borilgan tibbiy tadqiqot zamzam suvining har xil suv turlaridan butunlay farq qilishi va noyob xususiyatlarga ega ekanligini ko‘rsatdi.
 
Tadqiqotchilar 2007 yilda nemis ziyoratchilaridan 10 ta, 2011 yilda Frankfurt va Berlindagi ba’zi do‘konlardan 10 ta va Makka shahridan yana 10 ta namuna olib ularni ikki hafta davomida tekshirishdi.
 
Tadqiqot shuni tasdiqladiki, zamzam suvining sifati va xarakteri ikki yil davomida o‘zgarmagan, natijalar barcha namunalar orasida bir xil bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Madinadagi Masjidi Nabaviyga bir kunda qancha zamzam suvi olib kelinadi?
ePN