13:45 / 26.06.2023
329

“Sevgi iztirobi” serialidagi Amir — Kaan Urganjio‘g‘lu uylandi (foto)

Foto: “Yandeks.ru”

“Sevgi iztirobi” serialidagi Amir va “Hukm” loyihasidagi prokuror Ilgaz rollari bilan o‘zbek tomoshabinlariga yaxshi tanish bo‘lgan Kaan Urganjio‘g‘lu shaxsiy hayoti bilan bog‘liq kutilmagan yangilikni e’lon qildi. Aktyor sevgilisi Burju Denizerga uylandi. U bu haqda 2,3 million obunachiga ega bo‘lgan Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Turk ommaviy axborot vositalari ma’lumotlariga ko‘ra, 19-iyun, dushanba kuni Turkiyaning Afinadagi bosh konsulligida bo‘lib o‘tgan nikoh marosimida Kaan Urganjio‘g‘lu va Burju Denizer turmush qurgan. Juftlik to‘y marosimini oilasi va do‘stlari bilan Istanbulda nishonlashni rejalashtirmoqda.

Foto: “Yandeks.ru”

Kaan Burju bilan 2022-yilning yozida tanishgan. Qisqa muddatdan so‘ng,  juftlik turmush qurishga qaror qildi.

Burju Denizer Tarsa Amarik nomli o‘rta maktabni tamomlagan. Keyinchalik u Turkiyadagi universitetning sotsiologiya fakultetiga o‘qishga kirgan. Oradan biroz vaqt o‘tgach Burju o‘qish joyidan vaqtinchalik ta’til olib, chet elga ko‘chib o‘tdi va Nyu-Yorkdagi oliygohning biznes fakultetida tahsil oldi. Burju Denizerlar oila a’zolari Istanbuldagi eng mashhur restoranlardan birining operatori hisoblanadi.

Foto: “Yandeks.ru”

Kaanning nikohini “shoshilinch” deyish mumkin. Aktyor Ijodiy faoliyati davomida ko‘plab turk yulduzlari singari partnyorlari bilan uchrashdi.

Aktyorning birinchi muhabbati Derin Mermersi va Kaan u litseyda uchrashgan. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, aktyor u bilan 7 yil munosabatda bo‘lgan. Juftlik 2013-yilda munosabatlari yakunlanganini ma’lum qildi.

Foto: “Yandeks.ru”

2014-yilda aktyorning aktrisa va fotograf Zeynep Oymak bilan uchrashayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi. Juftlik 2016-yilda unashtirilganligini e’lon qildi, ularning oila a’zolari uchrashdi, to‘y 2017-yilga rejalashtirildi. Biroq Kaan Zeynep bilan turmush qurmadi.

Foto: “Yandeks.ru”

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Sevgi iztirobi” serialidagi Amir — Kaan Urganjio‘g‘lu uylandi (foto)
ePN