00:28 / 27.06.2023
298

Bayden Rossiyadagi qurolli isyonga AQSH va NATO aloqador emasligini aytdi

Bayden Rossiyadagi qurolli isyonga AQSH va NATO aloqador emasligini aytdi
Foto: AP
AQSH prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar va NATO Rossiyada «Vagner» yollanma jangchilarining qurolli isyoniga aloqador emasligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, isyonning Ukrainadagi urushga ta’sirini baholashga «hali erta».
 
Baydenning aytishicha, u dam olish kunlari ittifoqchilari bilan videomuloqot qilgan. Ular Rossiya prezidenti Vladimir Putinda isyonda «NATO yoki G‘arbni ayblash uchun asos bo‘lmasligini» ta’minlash maqsadida hamjihatlikda ishlamoqda.
 
«Biz bunga aloqador emasligimizni aniq aytdik. Bizning bunga hech qanday aloqamiz yo‘q edi. Bu Rossiya rejimi ichidagi kurashning bir qismi edi», ded Bayden.
 
AQSH prezidenti shuningdek, dam olish kunlari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan vaziyat haqida gaplashib olganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Rossiyadagi qurolli isyonga AQSH va NATO aloqador emasligini aytdi
ePN