18:50 / 27.06.2023
277

AQSHda yerga qo‘ngan samolyotni ikki marta chaqmoq urdi (video)

AQSHda yerga qo‘ngan samolyotni ikki marta chaqmoq urdi (video)
Arkanzas aeroportida bo‘ron vaqtida qo‘ngan American Eagle samolyotini ikki marta chaqmoq urdi. Voqea aks etgan videoni Daily Mail nashri chop etdi. Ta’kidlanishicha, voqea Embraer E175 layneri uchish-qo‘nish yo‘lagida payti sodir bo‘lgan. Samolyotga tegishidan avval ham yerga bir necha bor yashin tushgan.
Chaqmoq samolyotning dum qismiga urilgan. Guvohlar hodisani hayqiriqlar bilan kuzatgan.
 
Qayd etilishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan, samolyotga ham shikast yetmagan, texnik nosozliklar bo‘yicha tekshiruvdan o‘tgach, layner chiqish joyiga xavfsiz tarzda yetib kelgan.
 
Samolyotni chaqmoq urishi qanchalik xavfli?
 
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha olganda, har bitta tijorat samolyotiga bir yilda bir marta chaqmoq urishi to‘g‘ri keladi. Uchuvchilar har uch ming soat parvoz chog‘ida bir marta yashin zarbasiga duch kelishi mumkin.
 
Chaqmoq urishi yo‘lovchilar va samolyotlar uchun deyarli xavfli emas. Yo‘lovchilar ishonchli darajada himoyalangan, chunki samolyot elektr tokini yaxshi o‘tkazadigan alyuminiydan yasalgan deyarli mukammal Faradey qafasidir (ushbu qafas elektr tokini erkin o‘tkazadigan yopiq qobiqdan iborat bo‘lib, tashqi elektr zaryadi qafasning yuzasidan “o‘tadi” va ichkaridagi narsalarga ta’sir qilmaydi).
 
Samolyotga yetadigan zarar yashin qayerga urilib, qayerdan “chiqib ketishi”ga, shuningdek, uning quvvatiga bog‘liq. Odatda yashin samolyot burni, dvigatellarning old qismi, qanot uchlari va gorizontal stabilizator yaqiniga kelib uradi va qaytib ketadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda yerga qo‘ngan samolyotni ikki marta chaqmoq urdi (video)
ePN