13:11 / 28.06.2023
393

«Tolibon» afg‘on ayollari huquqi tiklangani e’lon qilindi

«Tolibon» afg‘on ayollari huquqi tiklangani e’lon qilindi

«Tolibon» rejimi ayollarni an’anaviy zulmdan ozod qildi va ularning erkin inson maqomini tikladi. Bu haqda «Tolibon» harakati oliy yetakchisi Haybatulla Oxunzoda musulmonlarning Qurbon hayiti munosabati bilan bergan bayonotida aytib o‘tdi.

«Xotin-qizlarni an’anaviy zulmdan, jumladan, majburiy nikohdan qutqarish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rildi, ularning shar’iy huquqi himoya qilindi, – deyilgan matbuot uchun tarqatilgan matnda. – Ayollarning erkin va munosib inson sifatidagi maqomi tiklandi. Barcha tashkilotlar nikoh, meros va boshqa huquqlarni ta’minlashda ularga ko‘mak ko‘rsatishi shart», – degan Haybatulla Oxunzoda.

Yetakchi qo‘shimcha qilishicha, «Tolibon» ayollar Islom shariati asosida farovon turmush kechirishi uchun zarur choralarni ko‘rgan. Afg‘onistondagi ayollar muammolari, jumladan, 20 yillik ishg‘olning salbiy tomonlari bilan bog‘liq.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Tolibon» afg‘on ayollari huquqi tiklangani e’lon qilindi
ePN