AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp jurnalist va yozuvchi Jan Kerrollni uni “zo‘rlashda ayblab, tuhmat qilgani va siyosatchining obro‘siga putur yetkazgani” uchun sudga berdi, deb xabar bermoqda Bloomberg.
“Sobiq prezident 27 iyun seshanba kuni kechqurun uni zo‘rlashda ayblab, obro‘siga putur yetkazganligi uchun jurnalist va yozuvchi Jan Kerrollga qarshi da’vo bilan chiqdi”, — deyiladi agentlik xabarida.
Shu yilning may oyida Jan Kerroll jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan AQSHning sobiq prezidenti Donald Trampdan unga to‘lanadigan kompensatsiya miqdorini “sezilarli” oshirishni talab qilib, Manxetten sudiga murojaat qilgandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing