12:27 / 30.06.2023
427

Bag‘dod Shvetsiyadan Qur’onni yoqqan iroqlik erkakni topshirishni talab qildi

Bag‘dod Shvetsiyadan Qur’onni yoqqan iroqlik erkakni topshirishni talab qildi

Foto: Reuters

Iroq Tashqi ishlar vazirligi Shvetsiyani Stokgolmdagi masjid oldida Qur’onni yoqib yuborgan 37 yoshli iroqlik qochqin Salvan Momikani ekstraditsiya qilishga chaqirdi. Bu haqda TIV matbuot kotibi Ahmad al-Sahhafga tayanib, INA agentligi xabar berdi.

Iroq TIV Shvetsiya rasmiylaridan iroqlik qochqinni mamlakat qonunchiligiga muvofiq sud qilish uchun Iroq hukumatiga topshirishni so‘ragan.

Tashqi ishlar vazirligi 29 iyun kuni Shvetsiyaning mamlakatdagi elchisini chaqirib, musulmonlarning muqaddas kitobi yoqib yuborilishi munosabati bilan unga keskin norozilik bildirgan.

28 iyun kuni Stokgolmda iroqlik erkak Qur’onni yoqib yubordi. Iroqdagi Shvetsiya elchixonasi yaqinida yuzlab iroqliklar norozilik bildirdi, bir necha o‘nlab namoyishchilar binoga bostirib kirishga urindi.

Bag‘dod Qur’onning yoqilishini qoralab, “salbiy” oqibatlaridan ogohlantirdi va bu aksiyaning “so‘z erkinligiga hech qanday aloqasi yo‘qligini” ta’kidladi. Turkiya hodisani “islomga qarshi harakat” deb atadi, Marokash esa o‘z elchisini mamlakatdan chaqirib olishga qaror qildi.

Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishi

21 yanvar kuni Rasmus Paludan Turkiyaning Stokgolmdagi elchixonasi oldida Qur’onni yoqib yubordi. Shundan keyin Turkiyada Shvetsiyaga qarshi namoyishlar boshlandi. Mamlakatning Istanbuldagi Bosh konsulligida ommaviy aksiya bo‘lib o‘tdi, unda Shvetsiya bayrog‘i yoqib yuborildi.

23 yanvar kuni sodir bo‘lgan voqealar fonida Turkiya milliy mudofaa vaziri Hulusiy Akar Shvetsiya va Finlyandiya terrorizmga qarshi kurashda Anqaraga yordam berishni xohlamasligini bildirdi. Ayni paytda mamlakatlar NATOga kirishda Turkiyadan yordam kutmoqda.

23 yanvar Niderlandiyada “Vatanparvar yevropaliklar G‘arbning islomlashuviga qarshi” (PЕGIDA) harakati yetakchisi Edvin Vagensveld Gaagadagi Niderlandiya Vakillar palatasi binosi oldida Qur’on kitobini omma oldida yirtib, yoqib yubordi. U Rasmus Paludanni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘tkazilganini ma’lum qildi.

27 yanvar kuni Rasmus Paludan Kopengagendagi masjid oldida ham muqaddas kitobni yoqib yubordi. Holat yuzasidan Daniya elchisi Turkiya TIVga chaqirtirildi.

30 yanvar kuni daniyalik siyosatchi Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi oldida yana Qur’onni yoqib yubordi. Ramzan Qodirov bunga munosabat bildirdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bag‘dod Shvetsiyadan Qur’onni yoqqan iroqlik erkakni topshirishni talab qildi
ePN