22:00 / 30.06.2023
515

Germaniyada cherkovdan voz kechganlar soni 45 foizga oshgan

Germaniyada cherkovdan voz kechganlar soni 45 foizga oshgan

Katolik cherkovi nemis yepiskoplar konferensiyasi tomonidan qilingan bayonotda, 2022 yilda cherkov a’zoligini tark etganlar sonining 522 ming 821 taga yetgani bildirildi.

Bayonotda a’zolikni tark etganlar sonining eng yuqori darajaga yetgani ta’kidlanadi. 2021 yilda cherkovni tark etganlar soni 359 ming, 2020 yilda esa 221 ming 390 bo‘lgani eslatildi.

Germaniyada 2022 yilgi raqamlarga ko‘ra, katolik cherkov a’zosi 20 million 937 ming 590 nafar va haliyam aholining 24,8 foizini tashkil qiladi. Ibodatxonadan yuz o‘girishning asosiy sabablari orasida ko‘proq ta’qib qilish holatlari ko‘rsatilgan.

"Katolik cherkovi jamoatchilik ko‘z o‘ngida o‘lmoqda", dedi Cherkov huquqshunosi Tomas Shuller Germaniyaning DPA axborot agentligiga.

Shullerga ko‘ra, "Cherkovning “o‘lim”i nafaqat o‘ziga ta’sir qiladi, balki davlat, jamiyatning ijtimoiy va ta’lim tizimini poydevor toshini yo‘qotishiga olib keladi. Bu voz kechish faqat cherkovning ichki muammosi emas, chunki kelajakda Germaniya jamiyatiga ham ta’sir qiladi, uni sezilarli darajada o‘zgartiradi.

Germaniya yepiskoplari konferensiyasi prezidenti Georg Bayetzing katolik cherkovini tark etayotgan odamlar sonining ko‘pligini “tashvishli” deb ta’rifladi:

Biz bu o‘zgarishlarga ko‘zimizni yuma olmaymiz va xohlamaymiz. Faol bo‘ling va odamlar biz ular uchun borligimizni his qilishlari kerak", dedi u dindorlarga qarata.

Nemis katoliklari markaziy qo‘mitasi raisi Irme Stetter Karp cherkovdan ajralishni zohiriy inqiroz belgisi sifatida ko‘rishini ta’kidladi:

"2022 yilda 520 mingdan ortiq odam cherkovni tark etdi. Bu raqam vaziyatni ochiqcha ko‘rsatib turibdi. Cherkov, ayniqsa, ichki suiiste’molchilik janjali tufayli ishonchni yo‘qotdi", dedi u.

Nemis protestant cherkovi 2022 yilda oldingi yilga nisbatan 380 mingdan ortiq a’zosini yo‘qotgani e’lon qilindi.

Olmon protestant cherkovi tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, cherkov a’zolari soni 2022 yilda 2,9 foizga kamaygan va 19,15 million kishiga etgan. Bu pasayish 2021 yilda 2,6 foizni tashkil etdi.

Shunga ko‘ra, o‘tgan yili Germaniyada cherkovlarni tark etganlarning umumiy soni rasman 903 ming kishini tashkil qilganini tushunish mumkin.

E’tiborlisi, garchi boshqa yevropa mamlakatlari qatori Germaniyada ham islomofobiya kuchayib borayotgani qaramay, mazkur mamlakatda musulmonlar soni tobora ortib bormoqda. Ayrim manbalarga ko‘ra, ayni paytda olmonlar diyorida 6 million nafar atrofida musulmon yashaydi. Bu avvalo Islom diniga amal qiluvchilarning oilaga e’tibori tufayli tug‘ilish ko‘pligi bilan izohlanadi. Qolaversa, bunga ayrim musulmon o‘lkalardagi notinchliklar sababli muxojirlarning ushbu o‘lkaga ko‘proq borayotgani ham hissa qo‘shmoqda.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada cherkovdan voz kechganlar soni 45 foizga oshgan
ePN