23:09 / 30.06.2023
2 338

Putin xalq oldiga chiqdi, biroq...

Putin xalq oldiga chiqdi, biroq...

Rossiya prezidenti “Prigojin yurishi”dan so‘ng ilk bor mamlakat janubiga – Dog‘istonga tashrif buyurdi. U yerda fuqarolar bilan suhbatlashdi va harbiy qo‘zg‘olon paytida rossiyaliklarning qo‘llab-quvvatlashiga shubha qilmaganini aytdi. Biroq G‘arb tahlilchilari Putinning qudrati zaiflashgan, degan fikrda.

Dog‘istonda prezident turizmni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi va shu doirada maydonlardan biriga yig‘ilgan fuqarolar oldiga ham chiqdi.

Rasmiylar mamlakatdagi vaziyatni to‘liq nazorat qilayotgani haqidagi signallarga qaramay, ko‘pchilik G‘arbda “vagnerchi”larning muvaffaqiyatsiz bo‘lsa-da isyoni Kreml rahbarini zaiflashtirgan degan xulosaga kelgan.

The Wall Street Journal gazetasining iddao qilishicha, Yevgeniy Prigojin Rostov-Donga tashrifi chog‘ida mudofaa vaziri va Bosh shtab boshlig‘ini qo‘lga olishni rejalashtirgan. “Vagner” asoschisi FSB uning rejasi haqida bilib olganidan so‘ng isyonni rejalashtirilganidan erta boshlashga majbur bo‘lgan.

Joriy haftada Sergey Shoygu omma oldida ko‘rinish bergan bo‘lsa-da, Prigojinning yana bir “dushman”i Valeriy Gerasimov hech qayerda ko‘rinmayapti.

"The Moscow Times" nashri manbalariga tayanib, Ukrainadagi rus qo‘shinlari qo‘shma gruppirovkasi qo‘mondonining o‘rinbosari, general Sergey Surovikinning hibsga olingani ehtimoli haqida xabar bermoqda. New York Times gazetasining yozishicha, Rossiyaning taniqli generallaridan biri Prigojinning rejasidan xabardor bo‘lgan.

Rossiyaning qo‘shnilari Belarusda "vagnerchi”lar mavjudligidan xavotirda. Litva Davlat xavfsizlik departamenti (VSD)ning aytishicha, Vilnyus bu boradagi xavflarni ko‘rib chiqmoqda.

Litva razvedkasi ma’lumotlariga ko‘ra, “Vagner” guruhining Sankt-Peterburgdagi shtab-kvartirasida tintuvlar chog‘ida topilgan hujjatlar orasida Litva hukumatiga 2020 yilda Prigojin tomonidan tayyorlanayotgan axborot hujumiga oid dalillar ham bo‘lgan.

Ukrainadagi rus qo‘shinlari qo‘shma gruppirovkasi qo‘mondonining o‘rinbosari, general Sergey Surovikinning  hibsga olinishi haqidagi mish-mishlar  Surovikin uch kundan beri oilasi bilan aloqada bo‘lmagani haqidagi xabarlardan  so‘ng paydo bo‘ldi.

“Vajnie istorii” nashri ikki manbaga tayangan holda Surovikin hibsga olinmaganini yozadi. Jurnalistlarning xabariga ko‘ra, general so‘roq qilinib, qo‘yib yuborilgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin xalq oldiga chiqdi, biroq...
ePN