10:07 / 02.07.2023
403

Islom yetakchilarining yig‘ilishi chaqirildi

Islom yetakchilarining yig‘ilishi chaqirildi

Islom hamkorlik tashkiloti Shvetsiyada Qur’on nusxasini yoqish oqibatlarini muhokama qilish uchun ijroiya qo‘mitasining favqulodda yig‘ilishini chaqirdi.

"Yig‘ilishda bu jirkanch harakatga qarshi ko‘rilishi lozim bo‘lgan choralar muhokama qilinadi va zarur chora-tadbirlar bo‘yicha jamoaviy pozitsiya qabul qilinadi”, deb xabar bergan tashkilot matbuot kotibi.

Chorshanba kuni iroqlik qochqin 37 yoshli Salvan Momika Stokgolmdagi eng katta masjid oldida Qur’onni tahqirlab, uning sahifalariga o‘t qo‘yganidan beri musulmon va arab dunyosida keng norozilik va qoralashlar kuzatilmoqda.

Yaqin Sharq va undan tashqaridagi davlatlar o‘t qo‘yishni qoraladi, ba’zilari o‘z elchilarini chaqirib oldi, tashqi ishlar vazirliklari esa rasmiy noroziliklarni bildirish uchun Shvetsiya elchilarini chaqirtirdi.

Shia ruhoniysi Muqtado as-Sadrning minglab tarafdorlari Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasi oldida norozilik namoyishi o‘tkazib, diplomatik munosabatlarni to‘xtatishni talab qildi.

Ayni paytda janjalni keltirib chiqargan Salvan Momika qilmishini yana takrorlash bilan tahdid qilgan. “10 kun ichida Stokgolmdagi Iroq elchixonasi oldida Iroq bayrog‘i va Qur’onni yoqib yuboraman”, degan u.

Momika o‘z qilmishi e’tirozlarga sabab bo‘lishini bilishini va “minglab o‘lim tahdidlari”ni olganini aytgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Islom yetakchilarining yig‘ilishi chaqirildi
ePN