11:46 / 02.07.2023
255

Jahon yulduzlarining hammani hayratga soladigan fobiyalari

Jahon yulduzlarining hammani hayratga soladigan fobiyalari

Har bir inson hayotida nimadandir qo‘rqib yashaydi, bu esa normal holat sanaladi. Kimdir ilon yoki o‘rgimchakdan cho‘chisa, yana kimdir o‘zining oyoqlaridan qo‘rqib ketadi. Quyida jahon yulduzlarining antiqa fobiyalari haqida so‘z yuritiladi.

Jonni Depp — koulrofobiya

Jonni Depp ko‘pincha rollarida ushbu ko‘rinishda paydo bo‘lishiga qaramay, masxarabozlardan juda qo‘rqadi. Jonnining so‘zlariga ko‘ra, uning ushbu qo‘rquvi bolaligida, sirkka tushgan paytida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda yosh Jonni masxarabozdan qo‘rqib ketgan va bu hozirgacha saqlanib keladi.

Foto: The Voice 

Kendall Jenner — tripofobiya

Umuman olganda, tripofobiya — teshiklar va kichik g‘ovaklardan qo‘rqish kasalligi, bu juda keng tarqalgan fobiya turi hisoblanadi. Ushbu kasallikdan aziyat chekadigan insonlar asalari inlari, g‘ovakli shokolad, gubkalar va boshqa ko‘plab narsalardan qo‘rqadi. Mashhur model Kendall Jennerda ham shunday fobiya mavjud.

Foto: The Voice 

Jennifer Eniston — gidrofobiya

Jennifer Eniston suvga sho‘ng‘ish bilan bog‘liq fobiyadan aziyat chekadi. Aktrisa bolaligida uch g‘ildirakli velosipedda hovlidagi basseyn atrofida aylanib yurgan paytda tasodifan velosiped bilan birga suvga tushib ketgan. Jenniferning akasi uni qutqargan va o‘shandan beri aktrisa suvga sho‘ng‘ishdan qo‘rqadi. Shuningdek, Jennifer samolyotda uchishdan qo‘rqadi va samolyot qo‘nayotgan vaqtda stress holatiga tushadi.

Foto: The Voice 

Nikol Kidman — lepidopterofobiya

Ushbu Gollivud aktrisasining qo‘rquv vahimasi beozor kapalaklar bilan bog‘liq! Nikol kapalaklar to‘la bo‘lgan mamlakat – Avstraliyada o‘sgan bo‘lsa ham, bolaligidan beri ushbu hasharotlardan uzoqroq yurishga harakat qiladi. Aktrisa voyaga yetganidan so‘ng o‘zining qo‘rquvini yengish uchun psixiatrga murojaat qilgan, ammo bu ish hech qanday natija bermagan.

Foto: The Voice 

Pamela Anderson — eyzotrofobiya

Eyzotrofobiya — bu odamning ko‘zguda o‘zining aksidan qo‘rqadigan fobiya turi hisoblanadi. Pamela Anderson xuddi shu fobiya turidan aziyat chekadi, u ko‘zguga qaramaslik uchun o‘zini ko‘plab vizajistlar o‘rab olishini yaxshi ko‘radi.

Foto: The Voice 

Orlando Blum — porkufobiya

Hayvonlar va hasharotlardan qo‘rqish insonlar orasida eng keng tarqalgan fobiyalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, o‘rgimchaklar va ilonlar haqida gap ketganda ko‘plab insonlarning ulardan qo‘rqishi tabiiy holat ekanini barchaga ma’lum. Masalan, Orlando Blum cho‘chqalardan juda qo‘rqadi — u porkufobiyadan aziyat chekadi.

Aktyorning aytishicha, u hatto cho‘chqa go‘shtiga ham chiday olmaydi va u cho‘chqa go‘shti sotiladigan joylarda bo‘lmaslikni afzal ko‘radi. Aktyor suratga olish maydonchasida cho‘chqaga yaqinlashganida u isteriyani boshdan kechirdi. Hayvon ham, aktyor ham bir-biri bilan bu holatdan so‘ng uzoq vaqt o‘tib o‘ziga kelgan.

Foto: The Voice 

Ledi Gaga — fazmofobiya

Xonanda arvohlar va paranormal hodisalardan juda qo‘rqadi. Mehmonxona xonasiga kirishdan oldin u yordamchilardan xonani skanerlashni so‘raydi. Xabar qilinishicha, u elektromagnit maydon detektorini ishlab chiqarish loyihasiga 30 ming dollar sarflagan.

Foto: The Voice

Skarlett Yoxansson — ornitofobiya

Skatlett Yoxansson qushlardan juda qo‘rqadi, hatto ularning qanot qoqishi ham aktrisaning qo‘rqishiga sabab bo‘ladi. “Men qushlarni ko‘rganimda dahshatga tushaman. Bu qo‘rquv yo‘qolmaydi. Suratga olish maydonchasida tovuslar meni qanaqadir qo‘rqitdi, ular yovuz ko‘rinardi”, — deydi Skarlett.

Foto: The Voice

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jahon yulduzlarining hammani hayratga soladigan fobiyalari
ePN