21:23 / 02.07.2023
84

O‘zbekiston yoshlari kuni Xitoyda keng nishonlandi

O‘zbekiston yoshlari kuni Xitoyda keng nishonlandi

O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tomonidan 30 iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan “Olg‘a, O‘zbekiston!” shiori ostida futbol turniri tashkil etildi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Musobaqa avvalida ishtirokchilar O‘zbekiston hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati bilan tanishdi. Shuningdek, joriy yil 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari O‘zbekiston prezidenti saylovi jarayonlari haqida so‘zlab berildi.

Bundan tashqari, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Pekin Xalqaro biznes va iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston yoshlari kuniga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda mazkur universitetda tahsil olayotgan o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston prezidentining yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigining mazmun-mohiyati haqida so‘zlab berildi.
Uchrashuvda so‘zga chiqqan o‘zbekistonlik talabalar 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muddatidan ilgari prezident saylovida faol ishtirok etishlarini bildirishdi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘zbekiston yoshlari kuni Xitoyda keng nishonlandi
ePN