00:20 / 03.07.2023
376

Iqlimshunos: “2026 yil dunyoda rekord darajadagi issiq yil bo‘ladi”

Iqlimshunos: “2026 yil dunyoda rekord darajadagi issiq yil bo‘ladi”

2026 yil dunyodagi eng issiq yil bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda iqlimshunos Erkin Abdulahatov “AzonTV” loyihasidagi suhbatda Jahon metrologiya tashkilotiga tayanib ma’lumot berdi.

Erkin Abdulahatovning aytishicha, 2026 yilga borib Tinch okeanining katta maydonida suv isib ketishi global iqlim o‘zgarishiga katta ta’sir o‘tkazadi.

“La–Ninyo hodisasi kirib kelganiga 3 yil to‘ldi. Bu davrda qurg‘oqchil qish, to‘satdan anomal sovuq kirib kelish davri va qug‘oqchil bahorlar bo‘ldi. Endi El–Ninyo kirib kelyapti va u 13 iyulda shakllanadi. Tinch okeanining katta maydonida suv isib ketadi. Natijada siklon va antisiklonlar chastotasi kengayadi. Buning yaxshi tomoni tog‘larimizda yanvar bilan may oylarida yog‘ingarchilik ko‘payadi. Yomon tomoni bu jarayon bir yilgina davom etadi. Ortidan yana La–Ninyo kirib keladi. Qurg‘oqchilik yana davom etadi. Ketma ketlik shunday. Jahon metrologiya tashkiloti 2026 yil dunyodagi eng issiq yil bo‘ladi, deyapti. 2026 yil dunyoda o‘rtacha yillik havo harorati 1.5 darajadan yuqori ko‘tarilib ketishi mumkin”, — dedi mutaxassis.

Avvalroq Erkin Abdulahatov Telegram dagi kanalida ham ushbu masalani tahlil qilgandi.

“2016 yilda El-Ninyo hukmron davrda dunyoda rekord darajadagi eng issiq yil kuzatilgan. 93 foiz aniqlikda El-Ninyo faol ta’sirida 2026 yil dunyoda o‘rtacha yillik havo harorati 1.5 darajadan yuqori ko‘tarilib ketishi mumkin. O‘zbekistonliklar El-Ninyo hodisasi ta’siri ostida 2016 yil O‘zbekistonda qanday mavsumlar kuzatilganini yaxshi eslashsa kerak. Iliq qish, issiq bahor va jazirama yoz ketidan kuzning oktyabri sovuq, noyabrda esa qor yog‘ib yuborgandi. Ammo, tog‘larda yilning sovuq davrida me’yordan ko‘p yog‘in yog‘ishi daryolarda suv ta’minotini bir oz yaxshi bo‘lishini ta’minlagan. Juda iliq qish ortidan, bahor va yozda birinchi marta mintaqa “qurt-qumursqalar hujumiga” guvoh bo‘lganini ham esdan chiqarmaslik lozim.

El-Ninyo hodisasi yuqori ehtimol, joriy mavsumning may oylaridan boshlab dunyo iqlimini belgilishi mumkin. Hozirgi paytda bizning mintaqada yoz oylari davomli jazirama va qurg‘oqchil bo‘lish ehtimoli yuqori. Agar, 2016-anolog yilga ishonilsa, kelayotgan qishimiz ham iliq bo‘lishi mumkin. Albatta, bu uzoq muddatli prognozlar. Uning o‘zini oqlash darajasi juda past. Lekin “yo‘qdan ko‘ra bor” maqolga amal qilinsa, kelgusi qadamlar shu asnoda tashlansa yomon bo‘lmaydi”, — deya fikr bildirgan iqlimshunos.

Prognozlarga ko‘ra, 2024 yil dunyoda oxirgi 8-9 yillik va kuzatuvlar tarixidagi eng issiq yil bo‘lishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iqlimshunos: “2026 yil dunyoda rekord darajadagi issiq yil bo‘ladi”
ePN