14:38 / 03.07.2023
333

Iroqlik futbolchilar va muxlislar Shvetsiyadagi voqeaga munosabatlarini bildirdi

Iroqlik futbolchilar va muxlislar Shvetsiyadagi voqeaga munosabatlarini bildirdi

Iroq futbol ligasi o‘yinida muxlislar, rasmiylar va o‘yinchilar Qur’oni karim nusxalarini ko‘tarib, butun musulmon olamida norozilik va qoralashlarga sabab bo‘lgan Shvetsiyada Qur’on yondirilishiga o‘z munosabatlarini bildirishdi.

Juma kuni "Al-Shurta" va "Al-Qosim" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin oldidan o‘yin rasmiylari va futbolchilar Qur’onni ushlab, ba’zilari muqaddas Kitobga hurmat ko‘rsatish uchun uni o‘pishdi. Ularga ko‘plab tomoshabinlar qo‘shildi. Bir guruh muxlislar “Qur’on bizning abadiy qonunimizdir va uni himoya qilish har bir musulmon uchun farzdir” deb yozilgan banner ko‘targan.

Bu norozilik aksiyasi Qurbon hayitining birinchi kunida iroqlik qochqinning poytaxt Stokgolmdagi eng katta masjid oldida Qur’on nusxasini tahqirlab, yoqib yuborganidan so‘ng sodir bo‘ldi.

Mus'hafning yoqilishi arab va musulmon dunyosida qoralash va noroziliklarga sabab bo‘ldi. Iroq, Turkiya, BAA, Iordaniya va Eron kabi bir qancha davlatlar Shvetsiya elchilarini chaqirib, norozilik bildirdi. Iroq sud tizimi, shu ishni qilgan iroqlik qochqin Salvan Momikani ekstraditsiya qilishni so‘ragan. Iroqliklar ham norozilik namoyishlari uyushtirdi, payshanba kuni yuzlab odamlar Shvetsiyaning Bag‘doddagi elchixonasiga qisqa vaqt ichida bostirib kirishdi, ularning ko‘pchiligi shia ruhoniysi Muqtado as-Sadr tarafdorlari ekanligi taxmin qilinmoqda.

Kecha Yevropa Ittifoqi ham Qur’onning yoqib yuborilishini "haqorat, hurmatsizlik va aniq provokatsiya harakati" deb qoraladi.

"Irqchilik, ksenofobiya va shunga bog‘liq bo‘lgan murosasizlikning ko‘rinishlariga Yevropada o‘rin yo‘q", dedi Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha vakili Nabila Massrali bayonotida.

"Yevropa Ittifoqi Shvetsiya Tashqi ishlar vazirligiga Shvetsiyada yakka shaxs tomonidan Qur’on yoqib yuborilishiga keskin qarshilik bildiradi. Bu harakat hech qanday tarzda Yevropa Ittifoqi nuqtai nazarini aks ettirmaydi".

Musulmonlarning muhim bayrami Qurbon hayiti chog‘ida bunday jinoyat sodir etilgani yanada achinarli”, — deya qo‘shimcha qilgan u.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroqlik futbolchilar va muxlislar Shvetsiyadagi voqeaga munosabatlarini bildirdi
ePN