date

Ekvadorda qattiq zilzila tufayli sohilbo‘yi vayron bo‘ldi

Ekvadorda qattiq zilzila tufayli sohilbo‘yi vayron bo‘ldi

Tabiiy ofat mamlakatning baliqchilik qishloqlari va kichik shaxarchalar joylashgan qirg‘oqbo‘yi qismini butunlay vayron qilgan. Hozirda Ekvadorda favqulodda vaziyat holati e’lon qilingan.

Ekvador tarixida eng qo‘rqinchli zilzila ko‘plab qurbonlar va keng ko‘lamdagi vayrongarchilikka sabab bo‘ldi. Tabiiy ofat yuz bergan hudud mamlakatning butun sohilbo‘yini qamrab olgan, bu esa yuzlab chaqirim er, deya xabar beradi New York Times.

Rasmiy ma’lumotlarga binoan, 272 odam xalok bo‘lgan va rasman 2527 kishi jarohahlanganligi qayd etilgan. Biroq mamlakat prezidenti Rafael Korrea bu raqamlar tugal emasligini bildirdi.
"Bu raqamlar yana o‘sishi aniq, afsuski, salmoqli darajada", - deya ogohlantiradi u.

Nobud bo‘lganlar orasida uchta muhojir: ikkita Kanada fuqorosi va bitta kolumbiyalik bor

Reuters agentligining xabar berishicha, Ekvador prezidenti Korrea mamlakatdagi holat tufayli Evropaga tashrifini vaqtidan avval tugatishiga to‘g‘ri keldi. U zilzila haqida eshitishi bilan Ekvadordagi eng ko‘p talofot ko‘rgan Manta shahriga keldi. Mamlakatda favqulodda vaziyat holat e’lon qilingan.

Zilzila markazi sohilbo‘yining shimoli-g‘arbiy qismida, Muisna shahridan 28 km naridagi aholi joylashgan janubi-sharqiy qismiga yaqin joyda ekanligi aniqlandi. Asosiy er silkinishi mahalliy vaqt bilan 23.58 da ro‘y bergan. Zilzila o‘chog‘i 20,2 km chuqurlikda joylashgan.

AQSh geologiya xizmatining xabariga ko‘ra zilzila magnitudasi 7,8 ball bo‘lgan. Asosiy silkinishdan so‘nggi kichik silkinishlar soni 180 taga etgan. Ekvador geofizika instituti xodimlari bu qisqa silkinishlar yana bir necha kun davom etishini aytishdi.

Kolumbiya, Kosta-Rika, Panama va Peru davlatlari ham salbiy holatlar oldini olish maqsadida ogohlantirildi.

Tabiiy ofat zarar etkazgan hududlarda qutqaruv ishlari olib borilmoqda. Buning uchun 5000 nafar polisiyachi hamda 11 ming harbiy jalb etildi. Shuningek yuzlab shifokorlar va qutqaruv hizmatchilari ham yordam berishmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Ekvadorda qattiq zilzila tufayli sohilbo‘yi vayron bo‘ldi