08:23 / 04.07.2023
437

Urush o‘chog‘i bo‘lgan Baxmutda vaziyat qanday?

Urush o‘chog‘i bo‘lgan Baxmutda vaziyat qanday?

Foto: Picture Alliance

Baxmut yo‘nalishidagi vaziyat keskinlashdi. Bu haqda Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari tashabbusni qo‘lga olish uchun rus harbiylariga qarshi kurashmoqda. 3 iyul kuni Rossiya kuchlari hujumga o‘tishga harakat qilgani, ammo muvaffaqiyatga erisha olmagani aytilmoqda.

“Ammo Ukraina mudofaa kuchlari ma’lum natijalarga erisha oldi”, — dedi Malyar va bunga aniqlik kiritmadi.

Shuningdek, u vaziyat tez o‘zgarishi mumkinligini bildirdi. Xuddi shu pozitsiyalar kuniga ikki marta qo‘ldan qo‘lga o‘tishi mumkin.

“Dushman bizning barcha harakatlarimizga faol javob bermoqda va tahdidli yo‘nalishlarda uchta mudofaa chizig‘ini yaratmoqda”, — dedi Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari.

U Kleshiyevka yaqinidagi janubiy qanotda Ukraina qo‘shinlari oldinga siljishayotganini, ammo shiddatli janglar kechayotganini bildirdi. To‘qnashuvlar shimoliy qanotda ham davom etmoqda. Baxmutning o‘zida ham vaziyat notinch.

“Shahardagi rus qo‘shinlari tinimsiz o‘t ochmoqda, moddiy-texnik ta’minotimizni buzishga va maksimal darajada yo‘qotishlarga uchrashimizga harakat qilmoqda. Shu bilan birga, himoyachilarimiz ularning shahar bo‘ylab harakatlanishiga yo‘l qo‘ymaydi va dushman pozitsiyalariga o‘t ochib zarba beradi”, — dedi Malyar.

Rossiya va Ukraina urushi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Urush o‘chog‘i bo‘lgan Baxmutda vaziyat qanday?
ePN