16:10 / 04.07.2023
299

Zelenskiy Baydenni zudlik bilan Ukrainani NATOga taklif qilishga chaqirdi

Zelenskiy Baydenni zudlik bilan Ukrainani NATOga taklif qilishga chaqirdi

Foto: Getty Images

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSH prezidenti Jo Baydenni Ukraina NATOga urushdan keyin qo‘shilgan taqdirda ham, mamlakatni hoziroq alyansga taklif qilishga chaqirdi. Bu haqda Zelenskiy CNN telekanaliga bergan intervyusida gapirdi.

Ukraina prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Bayden Ukrainaning NATOga kirish-kirmasligini “hal qiluvchi shaxs” hisoblanadi. Uning qo‘shimcha qilishicha, hoziroq taklif qilish Ukraina askarlari uchun katta ruhlantirish bo‘ladi.

Kelajakda chindan ham ittifoqchilar yonida bo‘lishingizni his qilish juda muhim”, — dedi Zelenskiy.

U urush davom etayotgan bir paytda Ukrainani NATOga qabul qilishning iloji yo‘qligini tushunishini aytdi.

Ammo tegishli signal juda muhim va bu Baydenning qaroriga bog‘liq”, — deb ta’kidladi Zelenskiy.

O‘tgan hafta Zelenskiy Ukrainaning urush paytida NATOga qo‘shila olmasligini tushunishini, biroq agar Ukraina alyansga qachon qo‘shilishi mumkinligi haqida aniq signal olmasa, NATOning Vilnyusdagi sammitida qatnashishdan ma’no ko‘rmasligini aytgandi.

Iyun oyida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bo‘lajak sammitda alyans Kiyevga aniq signal berishini va mamlakat kelajagi NATOda ekanini ochiq ko‘rsatishni va’da qildi. Shu bilan birga, u Ukrainaning g‘alabasini alyansga a’zolik bo‘yicha har qanday mazmunli muhokama uchun zarurat deb atadi. Zelenskiy Stoltenbergni Ukraina harbiylarini demotivatsiya qilishda aybladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy Baydenni zudlik bilan Ukrainani NATOga taklif qilishga chaqirdi
ePN