Illustrativ foto: Getty Images
Afg‘onistonning Sarpul viloyatida turmush qurganiga bir oydan oshgan kelinchak o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.
Viloyatdagi “Tolibon” politsiyasi to‘y marosimini kuyov ishtirokisiz nishonlagan qiz o‘z joniga qasd qilganini aytdi. Marhuma Sancharak tumani “Zanjon” qishlog‘ida yashagan. U 4 iyul kuni qurol bilan o‘ziga o‘q uzgan, biroq hodisa sababi ochiqlanmagan.
Ta’kidlanishicha, marhuma 19 yoshda bo‘lgan va qirq kun oldin turmush o‘rtog‘i ishtirokisiz o‘z to‘yini nishonlagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar