16:38 / 05.07.2023
142

Yaponiyalik olimlar stomatologiya rivojiga katta hissa qo‘shadigan ixtironi taqdim etdi

Foto: Lifehacker

Yaponiyalik tadqiqotchilar guruhi odamlarga yangi tishlarni o‘stiradigan dorini yaratish borasida muvaffaqiyatga erishdi. Preparatning klinik sinovlari 2024-yilning iyul oyida boshlanishi kerak. Bu haqda Mainichi Shimbun nashriga tayangan holda xabar qildi Lifehacker nashri.

Yangi tishlarni o‘stirish g‘oyasi har bir tish shifokorining orzusidir. Men aspiranturada o‘qiyotganimda bu borada ishlaganman. Buni amalga oshirishimga ishonchim komil edi.

Katsu Takahashi

Osaka shahridagi Kitano tibbiyot tadqiqot instituti kasalxonasida stomatologiya va yuz-jag‘ jarrohligi bo‘limi bosh tadqiqotchisi va rahbari.

Dori tug‘ma omillar (anodontiya) tufayli tish ildizlari to‘liq bo‘lmagan odamlar uchun mo‘ljallangan. Bu aholining taxminan 1 foizini tashkil qiladi.

Yapon olimlari o‘z tadqiqotida o‘ziga xos genni aniqladilar, uning yo‘qligi sichqonlarda tishlar sonining ko‘payishiga olib keldi. Va USAG-1 deb nomlangan ushbu gen tomonidan sintez qilingan protein tishlarning o‘sishini cheklaydi.

Katsu Takahashining tadqiqot guruhi oqsil funksiyasini blokirovka qilishga qodir neytrallashtiruvchi antitana ishlab chiqdi. 2018-yilda o‘tkazilgan tajribada tishlari tug‘ma kam bo‘lgan sichqonlarga yangi tishlarning chiqishiga sabab bo‘lgan dori berildi.

yangi tishlarni o‘stiradigan dori
Dori ta'sirida sichqonchada o‘sgan yangi tish.
Foto: Katsu Takahashi, Tibbiy tadqiqot instituti Kitano kasalxonasi

 

Tadqiqotchilar preparatni sut emizuvchi hayvonga qo‘llashganda dori unda qo‘shimcha yettinchi old tishni o‘stirdi. Dori ta’sirida yangi tish mavjud tishlarlar orasida o‘sib, ular bilan bir xil shaklga ega bo‘lganligi sababli olimlar preparat uchinchi avlod tishlarining shakllanishiga olib keladi, degan xulosaga kelishdi.

Hozirda preparatni inson qabul qilishi uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Uning organizmga zararli ta’siri yo‘qligi tasdiqlanishi bilanoq, anodontiya bilan og‘rigan 2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarni davolashga yo‘naltiriladi.
yangi tishlarni o‘stiradigan dori
Sut emizuvchi hayvon tishlari (suratda markazdagi yangi yettinchi tishni ko‘rish mumkin). 
Foto: Katsu Takahashi, Tibbiy tadqiqot instituti Kitano kasalxonasi

 

Tadqiqot muvaffaqiyatli yakunlansa, dori stomatologiyaning butun sohasida tuib burilish yasaydi. Kariyesning jiddiy formasi yoki eroziya tufayli tishlarini davolay olmaydigan odamlar o‘zlarining yangi tishlarini — ketma-ket uchinchi (sut va ildizli tishlardan keyin) tishlarni o‘stirish orqali protezlardan voz kechish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyalik olimlar stomatologiya rivojiga katta hissa qo‘shadigan ixtironi taqdim etdi
ePN