11:28 / 06.07.2023
138

Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar top-10 taligiga kirdi

Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar top-10 taligiga kirdi

Toshkent xalqaro xodimlar uchun dunyodagi eng arzon shaharlar o‘ntaligiga kirdi. Bu haqda Mercer agentligi ma’lum qildi.

Keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, xalqaro xodimlar uchun dunyodagi eng qimmat shahar sifatida 1-o‘rinni Gonkong egallagan. Undan keyin o‘tgan yildan beri olti pog‘onaga ko‘tarilgan Singapur Zurichni (Shveysariyadagi shahar) uchinchi o‘ringa olib chiqqan.

Reytingdagi eng arzon joylarga o‘tgan yil o‘rtalarida kuchli valyuta devalvatsiyasi tufayli 83 pog‘onaga tushib ketgan Gavana va Pokistonning ikki shahri — Karachi va Islomobod kiradi.

10 ta eng qimmat shaharlar reytingida:

  • Gonkong, Zurich, Jeneva, Bazel, Bern, Tel-Aviv, Gonkong, Nyu-York, Singapur, Tokio.

Eng arzon 10 ta shahar 218–227-o‘rinlar bo‘yicha:

  • Jazoir, Olmaota, Tunis, Toshkent, Istanbul, Karachi, Islomobod, Dushanbe, Bishkek, Anqara.
Skrinshot: Mercer

Reytingda uy-joy, transport, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-ro‘zg‘or buyumlari va o‘yin-kulgi kabi har bir shahardagi 200 dan ortiq toifalarning nisbiy qiymati o‘lchanadi.

2020-yili koronavirus pandemiyasi davrida The Economist nashri tomonidan e’lon qilingan dunyoning yashash eng arzon va eng qimmat bo‘lgan shaharlari ro‘yxatida Toshkent shahri eng arzon shaharlar ro‘yxatida Damashqdan keyingi o‘rinni egallagandi. 2019-yilda esa Toshkent yashash uchun eng arzon shaharlar reytingida uchinchi o‘rinni band etgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toshkent dunyodagi eng arzon shaharlar top-10 taligiga kirdi
ePN