11:31 / 06.07.2023
178

Rossiya pasportiga ega isroillik ayol Iroqda o‘g‘irlab ketildi

Rossiya pasportiga ega isroillik ayol Iroqda o‘g‘irlab ketildi

Foto: Facebook / Ahmad Mohamad

Bir necha oy oldin Iroqda g‘oyib bo‘lgan Isroil va Rossiya fuqarosi Yelizaveta Surkov shialarning yarim harbiylashgan guruhi tomonidan garovga olingan. Bu haqda 5 iyul, chorshanba kuni Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu idorasi ma’lum qildi.

«Yelizaveta Surkov hali ham tirik, uning taqdiri va xavfsizligi uchun javobgarlik Iroq zimmasida, deb hisoblaymiz», — deyiladi bayonotda. Voqea bilan Isroilning tegishli idoralari shug‘ullanmoqda.

Kanselyariyaning qayd etishicha, Surkov Iroqqa o‘z tashabbusi bilan doktorlik dissertatsiyasini yozish va AQSHning Prinston universiteti uchun tadqiqot olib borish maqsadida jo‘nab ketgan olimadir. Isroil fuqarolarining Iroqqa kirishiga ruxsat berilmagani uchun ayol Rossiya pasportidan foydalangan.

Ismini oshkor etmagan isroillik diplomatning Jerusalem Post nashriga aytishicha, Surkov mart oyidan beri bedarak yo‘qolgan. Uning Twitter'dagi oxirgi posti sanasi - 21 mart.

Kan radiosiga ko‘ra, Surkov Suriya, shuningdek, ISHID terrorchilik guruhi faoliyati bo‘yicha mutaxassis. Uning tadqiqotlari shia imomi tarafdorlari va Livan harbiy tuzilmalari harakatini qiyosiy tahlil qilishni o‘z ichiga olgan. O‘g‘irlanishidan oldin Surkov Iroq va Livanda dala tadqiqotlari olib borgan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya pasportiga ega isroillik ayol Iroqda o‘g‘irlab ketildi
ePN