12:12 / 06.07.2023
524

Rossiyada Qur’onni yoqqan misrlik qo‘lga olindi

Rossiyada Qur’onni yoqqan misrlik qo‘lga olindi

Foto: “RIA Novosti”

Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida Qur’on kitobini yoqib yuborgan xorijlik fuqaro qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda “TASS”.

Ijtimoiy tarmoqlarda xorijlik fuqaro musulmonlar uchun muqaddas Qur’on kitobiga nisbatan kufrona harakatlar sodir etayotgani aks etgan video paydo bo‘lgandi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, provakator Ulyanovsk hududida bo‘lib turgan. Hozir huquq-tartibot xodimlarimiz ushbu dahshatli ishni tergov qilmoqda. Huquqbuzar qo‘lga olindi”, — deya viloyat gubernatori Aleksey Russkixdan iqtibos keltirdi nashr.

Avvalroq Rossiya jamoatchiligida bir erkak Qur’onni yoqayotgani va musulmonlarni haqorat qilayotgani aks etgan video tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, erkak asli Misrdan bo‘lgan, Rossiyaga ko‘chib o‘tgandan keyin o‘z e’tiqodini o‘zgartirganini e’lon qilib, OAV e’tiboriga tushgan.

2 iyulga o‘tar kechasi Rossiyaning Kabardino-Balkariya respublikasida noma’lum erkak masjidda Qur’onning bir nechta nusxasini yoqib yuborgandi. Ko‘p o‘tmay u qo‘lga olingan.

Aprel oyida Moskva sharqidagi Beloye ozero hududida yana bir shaxs Qur’onni yoqib yuborgan. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov muqaddas kitobni yoqib yuborgan shaxsni jazolashga va’da bergan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada Qur’onni yoqqan misrlik qo‘lga olindi
ePN