16:45 / 06.07.2023
307

Lukashenko Kiyevni imkoniyat borida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga chaqirdi

Lukashenko Kiyevni imkoniyat borida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga chaqirdi

Foto: Global Look Press

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Kiyev haligacha tinchlik kelishuvlari bo‘yicha muzokaralar olib borishi mumkinligini aytdi, biroq “qarshi hujum”dan so‘ng ular bilan gaplashishni istamasliklari mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Shuning uchun Lukashenko Ukraina rasmiylarini “oldindan hech qanday shartlarsiz muzokara stoliga o‘tirishga” chaqirdi.

"Bugun yana bir bor o‘ylab ko‘rish kerak. Stolda muzokaralar to‘plami turibdi, murosaga kelish mumkin bo‘lgan masalalarning butun to‘plami mavjud. Ertaga buning iloji bo‘lmaydi. Bugun Ukraina bilan gaplashib, qandaydir tinchlik kelishuvlariga erishish mumkin. Qarshi hujum deb atalmish amaliyotdan so‘ng vaziyat o‘zgaradi va Ukraina rahbariyati bilan gaplashishni istamasliklari mumkin”, — dedi Lukashenko xorijiy va Belarus jurnalistlari bilan uchrashuvda.

Lukashenko bir muddat avval Ukrainada Vladimir Zelenskiy va oliy harbiylar o‘rtasida jiddiy mojaro boshlanganini ta’kidladi.

Hozir to‘xtash kerak. Allaqachon ko‘p yomon ishlar qilindi. Lekin bundan ham yomoni bo‘lishi mumkin. Shuning uchun hozir to‘xtab, muzokara stoliga o‘tirish kerak. Oldindan hech qanday shartlarsiz. Hamma narsani muzokara stolida hal qilish kerak”, — dedi Lukashenko.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Lukashenko Kiyevni imkoniyat borida tinchlik muzokaralarini o‘tkazishga chaqirdi
ePN