23:40 / 06.07.2023
875

Putinning 75 mln dollarlik zirhli poyezdi qanday ko‘rinishda? (foto)

Putinning 75 mln dollarlik zirhli poyezdi qanday ko‘rinishda? (foto)

Rossiya prezidenti Vladimir Putin temiryo‘lda sayohat qilish uchun zirhli poyezddan foydalanadi, uning narxi taxminan 6,8 milliard rublga (salkam 75 million dollarga) baholangan. Ushbu poyezdning vagonlari kinoteatr, hammom, sport zali va hatto go‘zallik salonini o‘z ichiga oladi. 

“Dosye” markazi CNN, Süddeutsche Zeitung, Westdeutscher Rundfunk va Norddeutscher Rundfunk bilan birgalikda tegishli surishtiruvini e’lon qildi.

Aniqlanishicha, ushbu poyezd bilan Rossiya temir yo‘llari rahbariyati va Federal xavfsizlik xizmatining o‘nlab zobitlari shug‘ullanadi.

“Poyezd uchun yangi vagonlarPutinning birinchi prezidentlik davridan boshlab ishlab chiqarila boshlangan, eng so‘nggisi esa sport zali, hammom, bar va kinoteatri bo‘lgan maxsus vagonlardir.Poyezd uchun kamida 6,8 milliard rubl sarflangan”, — deyiladi surishtiruvda.

Ushbu poyezd uchun vagonlar “Zirkon Service” tomonidan ishlab chiqariladi.

Foto: Putinning poyezdi. Vagonlardan birining tomida maxsus aloqa antennasini ko'rish mumkin / “Zirkon Service” / “Dosye” markazi

OAV xodimlari ushbu korxona hujjatlarini o‘rganib chiqib, kompaniya so‘nggi yillarda alohida vazifa, ya’ni Putin poyezdi uchun sport-sog‘lomlashtirish vagonini tayyorlash bilan band ekanini aniqladi. Aynan shu vagonda kosmetologning kabineti, sport zali va hattoki hammom bor. 

Bundan tashqari, u yerda zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar o‘rnatilib, ular yordamida zarur hollarda inson hayotini saqlab qolish mumkinligi aytilgan.

Foto: Sport va dam olish vagoni sxemasi / “Zirkon Service” / “Dosye” markazi
Foto: Putin poyezdidagi kosmetologiya xonasi / “Zirkon Service” / “Dosye” markazi

Kosmetolog salonida radiolifting apparati, Ionto Beauty go‘zallik mashinasi, Ionto Sono ultratovush terapiyasi apparati, Circus lupa lampasi va boshqalar mavjud. Bu usul, xususan, terini yoshartirish, terini vakuumli tozalash va shunga o‘xshash ishlarni bajarishga yordam beradi.

Foto: “Zirkon Service” / “Dosye” markazi

“Qizig‘i shundaki, go‘zallik saloni ichkarida bo‘layotganlarni tashqaridan tinglashni imkonsiz qiladigan vositalar bilan jihozlangan”, — deyiladi xabarda.

Foto: “Zirkon Service” / “Dosye” markazi

Sport zali press uchun skameyka, giperekstansion dastgoh, pog‘onali platforma, tatami, gimnastika to‘shagi va sakkiz kilogrammgacha bo‘lgan gantellar bilan jihozlangan.

Foto: Putin poyezdidagi sport zali / “Zirkon Service” / “Dosye” markazi
Foto: Putin poyezdidagi sport zali / “Zirkon Service” / “Dosye” markazi

Shuningdek, nashr poyezdda Rossiya televideniyesi ko‘rsatuvi signal yo‘qolishi mumkin bo‘lgan hollarda uzilmasligi ham e’tiborga olinganini bildirdi.

Hammasi bo‘lib 22 ta vagon xizmat qilmoqda, ulardan sakkiztasi Sovet davrida ishlab chiqarilgan. Boshqalari esa 2004-yildan beri ishlab chiqarilmoqda. Ularning barchasi birgalikda ishlatilmaydi.

Foto: Putinning sport-sog‘lomlashtirish vagonidagi hammom / “Zirkon Service” / “Dosye” markazi
Foto: Putinning sport-sog‘lomlashtirish vagonidagi hammom / “Zirkon Service” / “Dosye” markazi
Foto: “Zirkon Service” / “Dosye” markazi
Foto: Prezident poyezdida vagonni bron qilish sxemasi / “Zirkon Service” / “Dosye” markazi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinning 75 mln dollarlik zirhli poyezdi qanday ko‘rinishda? (foto)
ePN