Foto: Videodan kadr
Nyu-Yorkda ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida 80 dan ortiq kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda ABC News shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga tayanib.
Ikki qavatli turistik avtobus va shahar avtobusi Manxetten chorrahasida to‘qnashib ketgan. 18 kishi kasalxonaga yotqizilgan. O‘t o‘chirish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Pol Xopperning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlarning hech biri hayotni xavf ostiga qo‘yuvchi jarohat olmagan.
YTH aybdori, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, turistik avtobusning haydovchisi bo‘lgan – u qizil chiroqda o‘tib ketgan, deydi New-york City Transit kompaniyasi prezidenti Richard Deyvi. CBS News mahalliy rasmiylarga tayanib xabar berishicha, yo‘lovchilarning aksariyati jarohatlangan, ba’zilari bosh va bo‘ynidan lat yegan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!